So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  2 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Misr U23 ustozi: "Biz O'zbekiston terma jamoasining Olimpiadaga chiqishiga ishonamiz" Yangiliklar

Misr U23 ustozi: "Biz O'zbekiston terma jamoasining Olimpiadaga chiqishiga ishonamiz"

O'zbekiston U23 hamda Misr U23 o'rtasidagi o'rtoqlik bahsidan (1:2) so'ng misrliklar ustozi Rojerio Mikale matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Rojerio Mikale: "Bugungi bahs kurashlarga boy bo'ldi. Jamoam o'yinidan mamnunman. Raqib yaxshi harakat qildi. Biroq Misr g'alaba uchun ko'proq harakat qildi."

Bilol Mazher: "Murabbiy hammasini aytib o'tdi, bizda yaxshi imkoniyatlar bo'ldi. Raqibimizda ham vaziyatlar yuzaga keldi, ammo imkoniyatlardan biz ko'proq foydalana oldik. Qizil kartochka o'yinga tasir qildi. SHundan so'ng yanada yaxshi o'ynab, o'zimiz uchun kerak bo'lgan natijani qo'lga kiritdik".


- O'zbekiston U23 terma jamoasining kuchli va kuchsiz tomonlarini aytib bera olasizmi?

- O'zbekiston tezkor jamoa, qarshi hujumda yaxshi harakat qiladi, bahsni nazorat qilib o'ynaydi. Futbolchilarning jismoniy holati yaxshi. Har bir jamoada kamchiliklar bor, ammo ular haqida gapirmoqchi emasman. Yaxshi o'yin namoyish qildik deb o'ylayman.

- Ushbu bahsda ishlagan hakamga ikki jamoa ustozlari ham etiroz bildirishdi. Unga besh ballik tizimda necha baho bergan bo'lardingiz?

- Hakamlik haqida gapirishni yomon ko'raman. To'g'ri, O'zbekiston olgan qizil kartochka ularning o'yiniga tasir qildi. Ammo hakamlar ham odam, ular ham xato qiladi.

- O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bilan Olimpiada to'qnash kelishni xohlagan bo'larmidingiz?

- SHunday bo'lishiga umid qilaman. Biz O'zbekiston terma jamoasiga ishonamiz.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика