Mishel Platini: "Barselona" Puyol bilan "Liverpul" jamoasiga yirik hisobda yutqazmasdi"
04 iyu 2019 02:30
Yangiliklar


Mishel Platini: "Barselona" Puyol bilan "Liverpul" jamoasiga yirik hisobda yutqazmasdi"
UEFAning sobiq prezidenti Mishel Platini Karles Puyol "Liverpul"ga qarshi o'yinda "Barselona" joniga oro kirishi haqida fikr bildirdi.
"Ishonamanki, "Barselona" Puyol bilan "Liverpul" jamoasiga yirik 0:4 hisobda yutqazmasdi. Kataloniyaliklarga u etishmadi. Karles o'yinchilarni qo'yib yubormagan bo'lardi. U juda ham ajoyib himoyachi. Krishtianu Ronaldu va boshqa unga qarshi o'ynagan futbolchilardan so'rab bilib olishingiz mumkin.
Puyol bolaligidan "Barselona" rangini his qilgan mahalliy tarbiyalanuvchi bo'lgan. Bular qatoriga "Milan" jonkuyari Paolo Maldini va "Yuventus"dan Marko Tardelli, Jorjio Kellini singari o'yinchilar kiradi", - deydi francuz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar