So’nggi yangiliklar

10:09Футбол, Ҳасанбой ва бошқалар. Бугун Париж Олимпиадасида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг  1 10:00УзПФЛ. «Нефтчи» етти нафар футболчини рўйхатдан ўтказди ва яна шунча футболчи билан хайрлашди  1 09:28FourFourTwo. Футбол тарихидаги энг яхши таянч яримҳимоячилар рейтинги тузилди  3 08:56Ибаи Гомес: "Ўзбекистонга қарши ўйинда ғалаба қозонсак, кейинги босқичга йўл олишимизга ишонаман"  5 08:25«Насаф» собиқ дарвозабони ва яна икки нафар футболчи. «Қўқон-1912» уч нафар футболчи билан шартнома тузди  1 07:55Канада терма жамоаси гуруҳда иккита учрашувда ғалаба қозонди, бироқ уларда ҳозирча 0 очко. Қандай қилиб?  2 07:24Бугун Доминикан Республикасига қарши майдонга тушамиз  19 01:30Педри ваъдасида туриб, мўйлов қўйди  4 00:30Левандовски: "Мбаппе - "Барселона" учун қўшимча мотивация"  5 00:00Назорат учрашувида "Пахтакор" "Машъал"га мағлуб бўлди  5 23:45"Челси" билан музокара ўтказган Кьеза "Тоттенхэм"га ўтиши мумкин  1 23:11"Арсенал" ҳужумчи борасида яна Италия клубига мурожаат қилди  3 22:44Мбаппе Франция клубининг бошқарув акциялари пакетини сотиб олади  1 21:55"Насаф" яна бир трансфер ҳақида эълон қилди  5 21:35"Арсенал" 45 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  2

Mish-mishlarni rad etgan "Loko" Yangiliklar

Mish-mishlarni rad etgan "Loko"

Teglar :  LokomotivOCHL
"Lokomotiv" yangi mavsumda nafaqat Superligada, balki OCHLda ham raqobatbardosh jamoaga aylanishi mumkin.

Har holda "temiryo'lchilar"ning bu galgi ishtirokidan ko'pchilikning umidi katta. O'tgan mavsumdagi muvaffaqiyatsiz ishtirokdan keyin murabbiylar shtabi tegishli xulosalarni chiqarishganiga ishongimiz keladi.

Tarkib va raqobat
"Lokomotiv"ning bu yilgi eng katta yutug'i avvalo jamoa o'zagi saqlab qolindi. O'tgan yili guruhdan chiqolmaganiga asosiy sabablardan biri sifatida aynan etakchilar jamoani tark etganini aytib o'tish mumkin edi. Bu safar esa bu holat kuzatilmadi. Aksincha, tarkib yanada kuchaytirildi. Har holda jamoadagi ichki raqobat keskin oshgani haqiqat.

Yana bir muhim jihatlaridan biri shuki, bu safar jamoa legioner tanlashda obdon o'yladi. O'tgan yillarda bo'lgani kabi shunchaki nomiga legioner olib kelinmagan. To'g'ri, hozircha legionerlarning o'yiniga baho berib bo'lmaydi va ular haqida gapirishga erta. Lekin shunga qaramay, bu safargi olib kelingan legionerlarning bazilari o'zimizda sinovdan o'tgan bo'lsa, qolganlari boshqa jamoalarda iliq taassurot qoldirishgan.

Ko'pchilikda iliq taassurot qoldirgan va transfer bozoridagi eng kutilmagan xarid sifatida so'zsiz Sardor Rashidovni "Lokomotiv"ga o'tganini aytish mumkin. Bu transfer albatta jamoa uchun foydali bo'ldi. Bu xarid nafaqat jamoadagi raqobatni yoki tarkibni kuchaytirishga, balki klub imijini oshirishda ham yaxshigina xizmati qiladi.
Muhimi, murabbiy undan kerakli paytda jamoa foydasiga ishlata olishida gap katta.

Sardor Rashidov nafaqat jamoadagi raqobatni yoki tarkibni kuchaytirishga, balki klub imijini oshirishda ham yaxshigina xizmati qiladi.

"Lokomotiv"ning har bir chizig'ida yaxshigina raqobat vujudga kelgan. Faqatgina markaziy himoya chizig'i vakillari nisbatan kamroqdek tuyulmoqda. Lekin kechagi matbuot anjumanida Mirko Yelichich jamoaning mudofaa chizig'idan ko'ngli to'qligini takidladi. Maxaradze garchi tayanch yarim himoyachisi bo'lsada, murabbiy uni ikki mavsumdan buyon markaziy himoyada o'ynatib keldi. AGMKdan taklif etilgan Igor Yelichni ham markaziy himoya hamda tayanch nuqtasida o'ynatishni rejalashtirganini aytib o'tdi. Demak "Loko"ning himoya qo'rg'oni Islom To'xtaxo'jaevga bazida Maxaradze, bazan esa Yelich hamroxlik qiladi.
Qanot himoyachilari Muhammadiev hamda Zoteevni istalgan vaqtda Salim Mustafoev almashtirishi mumkin. Mustafoev "Lokomotiv" qanot himoyasining universal zaxirasi bo'ladi.

Markazdagi raqobat ham anchagina "qaynoq". Maxaradze hamda Yelichni asosan himoyadagi ishlar bilan band bo'lishlarini inobatga olsak, tayanch zonasida Sadriddin Abdullaev va Ikrom Aliboevni asosiy nomzod sifatida ko'rsatish mumkin. Abdullaev ko'proq himoyaviy uslubda o'ynaydi. Aliboev esa nisbatan hujumkorlikka moyil futbolchi. Bu chiziqdagi raqobatda baribir Maxaradze va Yelich istalgan paytda qo'shilib qolishi mumkin. "Loko"da yangi mavsumda hujumkor vingerlar ko'payganini inobatga oladigan bo'lsak, Sardor Mirzaev ham markazga ko'chib o'ynash ehtimoli yuqori. CHunki qanotlardagi tanlov yanada oshdi. Sardor Mirzaev uchun esa markazda, yani hujumchi ortida o'ynash begona nuqta emas. Bu poziciyada Mirzaev o'tgan mavsumda ham harakat qilgan. Hujumkor vingerlarning ko'payishi va bu poziciyadagi raqobatni kuchaygani Mirzaevni markazga ko'chiradigan bo'lsa, SHoahmedovga qo'shimcha raqobatni taqdim etadi. Braziliyalik Nivaldoni murabbiy aynan qaysi nuqtada o'ynatishi hozircha nomalum. Nivaldo hujumkor futbolchi. Uni hujumning istalgan nuqtasida o'ynatish mumkin. Mirko Yelichichning tanlovi qanday bo'lishini esa mavsum boshlanganidan keyin bilib olamiz.

Mish-mishlarni rad etgan "Loko"
Quvonarlisi, yildan-yilga "Lokomotiv"da motivaciya kuchayib bormoqda. Ko'pchilik taxmin qilganidek, jamoa chempionlikka erishganidan so'ng ishtiyoq o'ladi, motivaciya qolmaydi, etibor kamayadi, degan gaplar, mish-mishlar asossiz bo'lib chiqdi. Aksincha, "Lokomotiv" g'alabalar va chempionliklardan ruhlanib bormoqda. Bu esa yangi mavsumda OCHLda ham o'z aksini topsa, bundan avvalo futbolimiz yutadi. Muhimi, g'alabalar, yutuqlar ketma-ketligi "Loko"ni yuqori cho'qqi sari etaklamoqda.

Bu esa "Lokomotiv" loyihasi vaqtincha chanqoq bostirish uchun emas, balki bosqichma-bosqich jamoani top darajaga chiqarishni maqsad qilib qo'l urilgan ishga o'xshamoqda.
Har holda jamoa chinakamiga superklub bo'lish uchun o'z manzili tomon qarab ketmoqda.

"Al Vahda" qo'rqinchli raqibmi?
Aslo yo'q! BAAning ushbu klubi O'zbekiston chempionini qo'rqita olmaydi. "Lokomotiv" bu jamoaga qarshi qandaydir taktika ishlab chiqishiga zarurat yo'q. Bu to'qnashuvda "temiryo'lchilar" "Al Vahda"ga o'z o'yinlarini taklif qilishadi. Ayni paytda "Al Vahda" ichki chempionatida juda qizg'in raqobatda o'ynamoqda. Har yili kuzatiladigan holat, yani BAA klublari OCHLning birinchi davrasiga juda katta etibor qaratishmaydi. Sababi, bu paytda ularda ichki chempionat qizg'in pallaga kirgan bo'ladi. Al Vahda" Toshkentga uchta legionerisiz kelganiga ham aynan mana shu jihat eng katta sabab. Bu kabi holatlar har yili kuzatiladi.

SHuningdek, OCHLda mehmonda o'ynaydigan jamoa durang qayd etishga rozi bo'lib keladi. Oxirgi 4-5 mavsumdan buyon Toshkentga yoki Qarshiga arablar to'liq "qurollangan" holda kelishganini ko'rmadim. Faqatgina ikkinchi davrada guruhdagi holatdan kelib chiqib, raqibga g'alaba zarur bo'lsa, faqat shundagina arablar barcha etakchilarini safardagi o'yinga olib borishadi. Arablar uchun OCHL chinakamiga pley-off bosqichidan keyin start oladi. Xuddi evropada haqiqiy ECHL qishdan keyin boshlanishi kabi.

Bu bilan "Vahda" Toshkentga mag'lubiyat yoki ahamiyatsiz o'yinga tashrif buyurgan demoqchi emasman. SHunchaki ular mavjud tarkib bilan mehmonda bir ochko bilan qaytishga rozi. Ertangi o'yinda esa ularni asosiy "qurollari" bu Ismoil Matar hamda Djudjak bo'ladi.

Nega katta ishonch bilan "Al Vahda"ni "Lokomotiv" uchun qo'rqinchli raqib emas dedim? Yuqoridagi sabablarga qo'shimcha sifatida shuni aytish mumkinki, "Al Vahda" uchun o'zbek klublari doim qo'rqinchli bo'lib kelgan. Aksincha emas. Statistika bo'yicha ular o'zbek jamoalariga qarshi o'tkazilgan 4 uchrashuvning birortasida g'alaba nashidasini surishmagan. Faqatgina bir marotaba durang qayd etishgan. Qolgan uchta bellashuvda esa "Bunyodkor" turli yillarda "Al Vahda"ni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lub etishni uddalagan.

Yana shuni qo'shimcha qilish kerakki, "Al Vahda" oxirgi marotaba OCHL doirasida safardagi bellashuvda 2010 yil Suriyaning "Al Karama" jamoasini mag'lub etgan. Jamoa shundan so'ng to'qqiz o'yindan buyon OCHLda mehmonda g'alaba nimalagini bilmay kelmoqda.

Jamoalar qaysi taktik sxemadan foydalanishadi?
Ertaga "Loko" o'zining doimiy foydalanib keladigan taktik sxemasidan voz kechmasa kerak. Mirko Yelichich ertangi bahsda ham  4-2-3-1 taktik sxemada futbolchilarni joylashtirib chiqish ehtimoli yuqori. "Al Vahda"ning ruminiyalik ustozi Laurenciu Regekampf esa jamoasining oxirgi o'yinlarida asosan 4-3-3 taktik sxemasini qo'llamoqda. Sebastyan Talyabu, Murod Batna va Rim CHang Vuning Toshkentga kelmagani jamoaning taktik sxemasiga qay darajada tasir ko'rsatadi, bu haqda bir nima deyish mushkul.

"Lokomotiv"ning taxminiy tarkibi (4-2-3-1): Ignatiy Nesterov - SHuhrat Muhammadiev, Igor Yelich, Islom To'xtaxo'jaev, Oleg Zoteev - Kaxi Maxaradze, Ikrom Aliboev - Sardor Rashidov, Nivaldo, Marat Bikmaev - CHo Suk Jae.

"Al Vahda"ning taxminiy tarkibi (4-3-3): Al SHamsi - Muhammad Salem, Salem Sultan, Majed Abdulla, Ibrohim Xalid - Muhammed Basit, Nasser Abdullxadi, Ismoil Matar - Djudjak, Ibrohim Halil, Tariq Ahmed.

"Lokomotiv"ga 12-futbolchi zarur!
"Lokomotiv" uchun ertangi bahsda birgina to'siq bu - yangi mavsumdagi dastlabki rasmiy bahs. Yani, "Loko"da o'yin amaliyoti yo'q. Jamoa ertaga tezda o'yin tempini his etib, uchrashuvni o'z boshqaruviga olsa bo'lgani. Dastlabki gol juda muhim. Mirko Yelichich aynan shu jihatga alohida etibor qaratishi lozim.

"Lokomotiv"ning o'yin amaliyoti yo'qligini birgina jihat bilan to'ldirish mumkin. U ham bo'lsa muxlislar olqishi. "Loko" ertaga aynan ishqibozlar qo'llab-quvvatlashiga chanqoq. Bu chanqoqni qondirish esa muxlislar zimmasida. TTZdagi stadionda ajoyib futbol muhiti yaratishga bizning muxlislar qodir.

Sizdan ugina, bizdan bugina...

Muallif :
Reyting: +60   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика