So’nggi yangiliklar

19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  0 19:22Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйин бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  1 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  4 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  5 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  6 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  6 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  18 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  0 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  8 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  20 14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  6 14:48Иккинчи давра стартига бир ҳафта қолди  2 14:34"Интер" ҳужумчи учун 45 млн евро таклиф қилди  0

Mirzohid G'ofurov: “Vodiy derbisi” doimo keskin kurashlar ostida o'tadi” Yangiliklar

Mirzohid G'ofurov: “Vodiy derbisi” doimo keskin kurashlar ostida o'tadi”

Superliga 12-turidan o'rin olgan “Navbahor” – “Andijon” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv arafasida “lochinlar”ning tajribali himoyachisi Mirzohid G'ofurov bo'lajak o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"O'zingizga malum, “vodiy derbisi” bahslari jamoalar turnir jadvalida qaysi o'rinda borayotganidan qatiy nazar, doimo keskin kurashlar ostida o'tadi. Bu safargi o'yin ham bundan mustasno bo'lmaydi, albatta.SHu bois, bo'lajak bahsga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko'rdik.

Garchi “Andijon” joriy mavsumni omadsiz o'tkazayotgan, ayni paytda turnir jadvalining so'nggi pog'onasini egallab turgan bo'lsada, jamoamizga munosib qarshilik ko'rsatishga intilishi tayin. Umuman olganda, bu yil Superligada kuchsiz jamoa yo'q va har bir raqibga hurmat bilan munosabatda bo'lish lozim. 

Umid qilamanki, “Andijon” bilan bo'ladigan derbini tomosha qilgani stadionga tashrif buyuradigan ishqibozlar jamoamizni har doimgidek faol tarzda qo'llab-quvvatlashadi hamda biz – futbolchilarga ruhiy dalda bergan holda, g'alaba sari ruhlantirishadi.       

Biz ham muxlislarning ishonchlarini oqlab, zafar quchish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz",- deydi Mirzohid G'ofurov. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика