So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  12 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Mirjalol Qosimov: "Janubiy Koreya jamoaviy tarzda kuchli" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Janubiy Koreya jamoaviy tarzda kuchli"

Ertangi o'yin oldidan Mirjalol Qosimov koreyalik muxbirlar ishtirokida bo'lib o'tgan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Anchadan beri Koreyada bo'lmagan edingiz, taassurotlaringiz qanday?

- Yo'q, bu erda bo'lganimga ko'p bo'lmadi. Taassurotlar doimgidek alo. Kayfiyatlarimiz ham yaxshi. Yana Janubiy Koreyada o'ynayotganimizdan xursandmiz.


- Ertangi o'yindan nima kutyapsiz? O'zingizni holatingiz qanday?

- Men-ku o'ynay olmayman (kuladi), ammo jamoamiz o'yinga tayyor. Koreyadagi har bir o'yin qiziq kechadi, bunga mahalliy muxlislar ham sabab deb aytishim mumkin. Aprel oyida o'yinlarimiz yo'qligi bois, ketma-ket ikkita yaxshi o'ynashimiz bizning foydamizga xizmat qilishi kerak. 


- OKning chorak finalida terma jamoamizga qarshi o'ynab mag'lubiyatga uchradinglar, bu o'yinda g'alaba qozonmoqchimisizlar?

- Har bir o'yinda futbolchilarimiz oldiga g'alaba vazifa etib qo'yiladi. Har qanday g'alaba futbolchining o'ziga bo'lgan ishonchini oshiradi. Bu o'rtoqlik bo'ladimi yoki rasmiy ahamiyati yo'q.


-  Son Xyon Minning o'yiniga nima deysiz?

- Men birgina Xyon Mingni ajratib ko'rsatmagan bo'ladim. Janubiy Koreya jamoaviy tarzda kuchli. Undan tashqari jamoaning zaxira o'rindig'ida ham kuchli o'yinchilar bor. Bugungi futbolda men raqib jamoasining kuchiga zaxira o'rindig'ida o'tirgan futbolchilariga qarab baho beraman. Ularning zaxirasida ham asosiy tarkibda o'ynash uchun munosib bo'lgan ko'plab futbolchilar bor. 


- So'nggi paytlarda Jeparov juda yaxshi o'ynayapti. Ertaga uni maydonda ko'ramizmi?

- Berkitmaymiz, ertaga uni maydonda ko'rasizlar. Haqiqatdan ham so'nggi paytlarda uning o'yinida yaxshi tomonga o'zgarish bo'lgan. 


- O'zbekiston terma jamoasini Janubiy Koreya terma jamoasini mag'lubiyatga uchratishi uchun nima qilish kerak deb o'ylaysiz?

- To'g'ri, bu biz uchun o'ta noqulay raqib. SHunchaki imkoniyatlardan foydalanishimiz kerak, OK-2015da shunday bo'ldi. Faqat omad bizga kulib boqmagan edi. 


- Terma jamoamizni o'rgangan bo'lsangiz, qaysi futbolchilarni etirof etgan bo'lardingiz?

- Himoya markazi va yarim himoya chizig'ini. Janubiy Koreyaning aynan shu nuqta vakillari istagan paytda hujum qilishlari bilan ajralib turadi.


- Janubiy Koreya terma jamoasi ustozi 90 daqiqa ichida ikkitadan ko'p gol urishini aytdi. Bunga munosabatingiz?

- O'yindan oldin hech nima demagan bo'lar edim. Buni maydondagi o'yin ko'rsatadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика