So’nggi yangiliklar

14:30Ла Лига етакчиларидан бири "Олтин бутса" соҳиби билан шартнома имзолади  0 14:10Расман: Доннарумма – "Манчестер Сити" янги дарвозабони!  1 13:44Хави Бундеслигада иш бошлаши мумкин  0 13:15"Астон Вилла" Виктор Линделёфни сафига қўшиб олди  0 12:48Арне Слот: "Агар "Ливерпуль" – "Арсенал" ўйини шу йўсинда 10 марта ўйналганида, 8 таси дуранг билан якунланган бўларди"  1 12:27Расман: Эдерсон Туркия клубига ўтди  1 12:09Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Шри-Ланкага қарши қандай либосда ҳаракат қилиши маълум  4 11:51ОФК "Насаф" ҳамда "Андижон" учрашувларида ишлайдиган ҳакамлар номини эълон қилди  7 11:38"Челси" ёзда футболчилар сотувидан ҳаммадан кўп пул ишлаб топди  6 11:15Муса "Милан"ни "Аталанта"га алмаштирди  0 10:40Мануэль Аканжи фаолиятини Италияда давом эттиради  0 10:07"Ливерпул"га ўтган Исак нималар деди?  7 09:38"Ливерпуль" рекорд ўрнатди  3 09:12"Ньюкасл" 63,5 млн евро эвазига ҳужумчи сотиб олди  3 08:42Расман. 38 ёшли Варди фаолиятини Италияда давом эттиради  1

Mirjalol Qosimov: Yana G'arb mintaqasiga qaytish qiziqarli Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: Yana G'arb mintaqasiga qaytish qiziqarli

OCHL bahslariga qura tashlash marosimi yakunlanishi bilan, biz “Bunyodkor” bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov bilan bog'lanib uning fikrlari bilan qiziqdik.
 - Ikki yil ketma-ket sharqiy zonada o'ynaganimiz sabab, u erdagi raqiblar bizga yaxshi tanish bo'lib ulgurgandi. Lekin bu safar g'arbga tushishimiz aniq bo'lgani tufayli, oraliqdagi vaqt mobaynida imkon qadar ular haqida malumot to'plashga intildim. Biz joylashgan guruh haqida nima deyishim mumkin? Avvalo shuni takidlashim lozim, SHarq zonasida Avstraliyani hisobga olmaganda, qolgan milliy chempionatlar biz singari bahor-kuz tizimida o'tkaziladi. SHu boisdan ham o'yin amaliyoti borasida imkoniyatlar teng edi. G'arbda esa og'irroq bo'ladi. Masalan OCHL guruh baxslari Saudiya Arabistoni chempionati nihoyasiga etishi bilan boshlanadi va “Al-Fotih” CHempionlar ligasiga qanday holatda etib kelishini aniqlash mushkul. O'tgan mavsumda bu klub Saudiya chempioni bo'lgani inobatga olinsa, bizga eng kuchli raqiblardan biri tushgani oydinlashadi. Xatto hozirda ular 9-pog'onani egallab turganlari ham, hali hech narsani anglatmaydi.

O'tgan yili Eronda to'rtinchi o'rinni olgan “Fulad” bu yil 5-pog'onani egallab turgan bo'lsa-da, karvonboshi bilan oradagi farq 3 ochkoni tashkil etishi jamoa bu yil g'oliblar qatorida borayotganidan darak beradi. Qisqa qilib aytganda, raqiblar ancha jiddiy, lekin o'yinlar qiziqarli kechadi deb aytish mumkin. Guruhda to'rtinchi jamoa kim bo'lishi hali nomalum bo'lsa-da, u O'zbekistondan bo'lmasligi bizni quvontiradi. CHunki guruh bosqichida hamyurtlarimiz bilan to'qnash kelishni istamasdik.

  - Guruh bosqichini Saudiya Arabistonida boshlashimiz, mavsum oldi rejalariga o'zgarish kiritadimi? Yani tayyorgarlikning so'nggi bosqichi o'sha erga ko'chirilmaydimi?
  - Yo'q. Guruh bahslari 25 fevraldan boshlanishi bizga avvaldan malum bo'lgani sababli, biz mavsumga tayyorgarlik rejalarini tuzib bo'lganmiz va uni o'zgartirmaymiz. Unga ko'ra birinchi yig'in BAAda, ikkinchisi esa Turkiyada tashkil etiladi. Turkiyadan 17 fevral kuni qaytib kelamiz va Toshkentda tayyorgarlikning so'nggi bosqichini yakunlab, to'g'ri Saudiya Arabistoniga uchamiz.

  - “Bunyodkor” o'z oldiga doimo eng yuqori vazifalarni qo'ygan. Jumladan Osiyo CHempionlar ligasida ham. Lekin jamoani asosiy tarkib o'yinchilaridan 3-4 nafari tark etgan holda, hozirgacha hech kim kelib qo'shilmaganini inobatga olsak, xalqaro musobaqada “qaldirg'ochlar” qiynalib qolishmaydimi?
  - Selekciya ishlari allaqachon boshlangan va mavsum boshlanguncha davom etadi. Yodingizda bo'lsa, Pishur va Blajich bizga o'tgan yilgi ilk o'yinimiz arafasida kelib qo'shilishgandi. Nomlarga to'xtalmagan holda ishonch bilan aytishim mumkin, bizda ham yangi o'yinchilar bo'ladi. Qolaversa, o'rinbosarlar tarkibida chempion bo'lgan tarkibdan bir nechtasini ligaga ham ro'yhatdan o'tkazamiz va ularga imkon beramiz. Lekin tarkib va raqib qanday bo'lishidan qatiy nazar, asosiy vazifamiz o'zgarmaydi – “Bunyodkor” Osiyo chempionlar ligasida g'oliblik uchun kurashadi!

Abror IMOMXO'JAEV suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика