So’nggi yangiliklar

00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  0 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  0 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  9 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  8 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  8 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  8 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  5 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2

Mirjalol Qosimov: "Uzoq yo'l bosib kelgan muxlislarimizga rahmat" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Uzoq yo'l bosib kelgan muxlislarimizga rahmat"

O'zbekiston - KXDR (1:0) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumaning ikkinchi qismida O'zbekiston bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov ishtirok etdi.

"Bugungi o'yinda muhimi g'alaba bo'ldi. Bunday yuqori saviyadagi musobaqada hayajon bo'ladi. Yigitlar o'zlarini yaxshi tomonlama ko'rsata olishdi va haqli g'alabaga erishishdi. O'zbekistondan shuncha yo'l bosib kelgan muxlislarimizga ham minnatdorchilik bildiraman. Ularning ham g'alabada xissalari bor", - deb gap boshladi Qosimov. 


Qosimov bilan birga o'yinning eng yaxshi futbolchisi bo'lgan Igor Sergeev ham matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Igor Sergeev: "Albatta gol urish yoqimli, ayniqsa mana shunday musobaqada va gol g'alaba keltirsa. Kim gol urishi muhim emas, asosiy g'alaba. Birinchi o'yin juda qiyin bo'ladi. Biz g'alabaga erisha oldik. Bugun faqat men emas barchamiz eng yaxshi bo'ldik".


- Darvozabon so'nggi soniyalarda ajoyib seyv namoyish etdi. SHu haqda nima deya olasiz?

- Igor aytganidek bugun barcha yaxshi o'ynadi. Nesterov jamoamizni goldan qutqarib qoldi. Bekorga darvozabon yarim jamoa deyishmaydi.


- Biz KXDR terma jamoasi qarshi hujumda o'ynashini kutgandik. Lekin o'yinning bir qismida kuchli pressingda harakat qilishdi.

- Butun o'yin davomida pressing qiladigan jamoa yo'q. O'z navbatdagi kuchli yomg'irning tasiri ham bo'ldi. Bizning kuchli tomonimiz to'p bilan muomala qilish. Yomg'ir bu borada qiyinchilik tug'dirdi. Ikkinchi bo'limning yarmida o'z o'yinimizni to'liq namoyish etishni boshladik va g'alabaga erishdik. 


- G'alaba bilan tabriklayman. Xitoy terma jamoasini qanachlik o'rganib chiqdingiz? Ularning jamoasida eng yaxshi futbolchi deb kimni ayta olasiz? 

- Guruhdagi barcha jamoalar kuchli. Hozir Saudiya Arabistoni va Xitoy terma jamoalari o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tmoqda. Ushbu uchrashuvni ham ko'rib chiqamiz. Xitoy terma jamoasi ancha rivojlanishga erishdi. Ularda bitta futbolchini ko'rsatib bo'lmaydi, xitoyliklar jamoaviy o'ynashadi. 


- O'zbekiston terma jamoasi ko'p hujum qildi va imkoniyatlardan foydalanishda ko'p xatoga yo'l qo'ydinglar.

- To'g'ri vaziyatlardan unumli foydalanishimiz kerak. Bunday musobaqada vaziyat yaratishning o'zi qiyin. 1:0 vaqtida ikkinchi golni urganimizda ishonchli g'alabaga erishardik. Futbol shunisi bilan qiziq, har bir hujum gol bilan tugayvermaydi. 


- Xitoyga qarshi maxsus tayyorgarlik ko'rayapsizlarmi?

- Bugun KXDRni mag'lub etdik. Endi Xitoyga qarshi tayyorgarlikni boshlaymiz.


- 2011 yilgi Osiyo Kubogidagi natijani takrorlay olasizlarmi?

- Albatta harakat qilamiz. Undan ham yaxshiroq natija ko'rsatishga urinamiz.


- Bugun Osiyo Kubogidagi debyut uchrashuvida ilk golingizni urdingiz. Siz o'z vaqtida yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida to'purar bo'lgansiz. Avstraliyadagi musobaqada ham to'purar bo'lishni istaysizmi?

Igor Sergeev: - Albatta to'purar bo'lishni istayman. Lekin bu bosh maqsadim emas, asosiysi terma jamoaning g'alabasi. Agar vaziyat bo'lsa sherigimga ham to'p uzatishim mumkin. 


- So'nggi yillarda O'zbekistonda ko'p gol uradigan futbolchilar kamayib ketgandi. Siz yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida ham ko'plab gollar urdingiz, terma jamoada ham urayapsiz. Bunga qanday erishayapsiz?

Bu savolga Igor emas bosh murabbiy Mirjalol Qosimov javob berdi: - Albatta hujumchi gol urishi kerak. Agar o'z ustidan ishlashda davom etib mashg'ulotlarda astoyidil ishlayversa hali ko'plab gollar uraveradi.


Narzulla Saydullaev

Sidney shahridan

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика