Mirjalol Qosimov terma jamoada qoldi
06 dek 2013 12:34
Yangiliklar

Mirjalol Qosimov terma jamoada qoldi
O'zbekiston Futbol Federaciyasi Prezidenti Mirabror Usmonov mamlakat futzal, o'smirlar, U-19 va U-20 yoshlar hamda milliy terma jamoa murabbiylarini tasdiqladi.
O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov bilan amaldagi shartnoma uzaytirildi. Mutaxassis 2014 yil davomida milliy terma jamoani Avstraliyada bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogi-2015 final bosqichi uchrashuvlariga tayyorlaydi.
Bundan tashqari, turli yosh toifasidagi terma jamoalar murabbiylari ham tasdiqlandi. Jumladan, 1998 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Olimxo'jaev va 1995 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksey Evstafeev o'z ishini davom ettiradi.
Har ikkala mutaxassis 2013 yil kuzida bo'lib o'tgan saralash bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, 2014 yilgi Osiyo chempionatlari final bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritgan. Olimxo'jaev o'z shogirdlarini Tailandda bo'lib o'tadigan o'smirlar o'rtasidagi qita birinchiligiga tayyorlasa, Evstafeev Myanmada tashkil etiladigan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati final bosqichiga tayyorgarlik ko'radi.
2014 yilning yanvar oyida Ummonda tashkil etiladigan U-22 Osiyo chempionatida 1993 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat va bosh murabbiy SHuhrat Maqsudov qo'l ostidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi yo'l oladi. SHuningdek, 2014 yil Vetnamda bo'lib o'tadigan futzal bo'yicha Osiyo chempionati bahslariga O'zbekiston futzal terma jamoasini Bahodir Ahmedov tayyorlaydi.

Fikrlar