So’nggi yangiliklar

20:11"Аланяспор" — "Ризеспор". Алиқулов асосий таркибда  0 20:04Лига 1. "Ланс" ўз майдонида "Ницца"ни қабул қилмоқда, Ҳусанов илк дақиқалардан майдонда (онлайн ҳисоб)  0 19:59Палмер рекорд ўрнатди  4 19:39"Реал" собиқ ҳужумчиси: "Ямаль келажакда буюк футболчилардан бирига айланиши мумкин"  3 19:05"Ланс" - "Ницца". Ҳусанов асосий таркибда  1 19:03Суперлига. 0:2 ҳисобида олдинга борган "Насаф" Тошкентда "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  68 18:35АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда очко йўқотди  4 18:00Константино Вапораки: "Охирги икки мундиалда финалга чиқдик, бироқ ҳозир ҳал қилувчи босқич ҳақида ўйламаяпмиз"  0 18:00РПЛ. Файзуллаевнинг голлари ЦСКАга ғалаба тақдим этди  11 17:41Тен Хаг танқидлар ҳақида: "Уларнинг баъзилари - яхши маслаҳатлар, аммо мен ҳаммасини ўқимайман"  0 17:28Дарио Маринович: "Аргентина Бразилиядан кучсиз, сабаби улардаги ўйинчилар даражаси пастроқ"  0 17:07Алан Бранди: "Игитага қарши ўйнаш осон бўлмаслиги аниқ"  0 16:56Учрашув тақидирини ягона гол ҳал қилган баҳсдан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 16:40Кевин Арриета: "Қозоғистон кучли рақиб, бироқ бизда жасур ва довюрак футзалчилар йиғилган"  0 15:20Хорватия бош мураббийи: "Бразилияга қарши баҳсда устимиздан муздай сув қуйилгандай бўлганди"  0

Mirjalol Qosimov: "Serverning tajribasi Osiyo o'yinlarida terma jamoaga asqotishi kerak" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Serverning tajribasi Osiyo o'yinlarida terma jamoaga asqotishi kerak"

Ertaga O'zbekiston termasi Ozarbayjonda shu mamlakat milliy jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. O'yin Boku shahridagi Bakcell Arena stadionida bo'lib o'tadi.
Tomonlar kelishuviga ko'ra, ertangi bahs Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi. Ushbu o'yin O'zbekiston terma jamoasi uchun sentyabr-oktyabr oylarida Janubiy Koreyaning Inchxon shahrida o'tkaziladigan 17-Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi. Bokuga jo'nab ketish oldidan terma jamoamiz 2 kun Toshkent­dagi Jar stadionida shug'ullandi. SHu qisqa muddatli yig'in yakunida Mirjalol Qosimov Ozarbayjonga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin bo'lgan 20 nafar futbolchini aniqlab oldi. Bosh murabbiy qaroriga ko'ra, yig'inga chaqirilgan 23 nafar futbolchidan Abdumavlon Abdujalilov, Azamat Isroilov va Diyor Turopov Toshkentda qolishdi. Biz safar oldidan Mirjalol Qosimovdan intervyu oldik.

- Mirjalol aka, suhbatimiz avvalida Ozarbayjonga qarshi o'tkaziladigan o'yinga Toshkentda olib borilgan qisqa muddatli tayyorgarlik haqida malumot bersangiz...
- Oliy ligamizda 15 avgust kuni tur o'yinlari bo'lgani uchun faqat bugun (suhbat 17 avgust kuni uyushtirilgan, - muallif) to'laqonli mashg'ulot o'tkazdik. Kecha asosan tiklanish mashqlari bilan cheklangandik. Ertaga tongda Boku shahriga uchib ketamiz. Yigitlarning kayfiyatlari yaxshi, jarohatlanganlar yo'q. Yig'inga taklif etilgan 23 futbolchidan 20 nafarini safarga olib ketamiz. Ulardan ikki nafari darvozabon. Yoshi katta futbolchilardan Islom To'xtaxo'jaev, Ivan Nagaev va Fozil Musaev bor.

- Azamat Isroilov o'quv-mashg'ulotlar jarayonida yaxshi taassurot qoldirgandi. Uni Bokuga olib ketmayotganingizga asosiy sabab nima?

- Bu poziciyada Davron Hoshimovni ko'rishni istadim. Lekin Osiyo o'yinlarigacha hali vaqt bor. Demak, Azamatni ro'yxatdan butunlay o'chirganimiz yo'q.  

- Ozarbayjon bilan o'yin siz uchun qanchalik muhim?
- Osiyo o'yinlari boshlanishiga kam muddat qoldi. Tig'iz taqvim orasida o'tkaziladigan har qanday o'yin murabbiylar shtabi uchun g'oyat ahamiyatli. 30 avgust kuni yana Toshkentda yig'ilamiz. Bu yig'in 3 va 8 sentyabr kunlari Iordaniya hamda Yangi Zelandiya terma jamoalari bilan Toshkentda o'tadigan o'rtoqlik uchrashuvlariga tayyorgarlik vazifasini o'taydi. Unga legionerlarni ham taklif etamiz.

- Aynay qaysi legionerlarga maktub jo'natildi? Aralash tarkib bo'ladimi?

- Odil Ahmedov, Server Jeparov, Vitaliy Denisov va Sanjar Tursunovni chaqirganmiz. Ularning klublariga chorlov jo'natildi. Reja bo'yicha ular 1 sentyabr kuni safimizga qo'shilishadi. Osiyo o'yinlariga jo'nash arafasida o'tkaziladigan o'yinlar bo'lgani uchun tarkibda aynan Inchxondagi musobaqaga yo'l oladigan futbolchilar ko'pchilikni tashkil etishadi.

- Bizdagi malumotlarga ko'ra, Osiyo o'yinlariga 3 nafar yoshi katta futbolchini tanlab bo'libsiz - Server Jeparov, Aziz Haydarov va Islom To'xtaxo'jaev. Bu malumot qanchalik to'g'ri?
- Ha, siz aytgan futbolchilar bilan gaplashdim, ular rozilar. Faqat, Osiyo o'yinlari muddati FIFA taqvimiga to'g'ri kelmasligi qo'shimcha muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Hozir barcha gap futbolchilarimiz o'ynayotgan klublar rahbariyatida qolgan. Eng muhimi, yigitlarning o'zlari Osiyo o'yinlarida qatnashish istagini bildirishdi.

- O'FF Terma jamoalar markazi bu futbolchilarimizning klublariga rasmiy maktub jo'natganmi?
- 1 sentyabr kuni Toshkentga yuborishlari haqida maktub jo'natildi. Ayni payt muzokaralar davom etyapti.

- Server Jeparovni tanlashingizda, uning Koreyada o'ynayogani asosiy omil bo'lib xizmat qildimi yoki...?

- Serverning tajribasi terma jamoaga asqotishi kerak.

- Bundan avvalgi yig'in doirasida o'tkazilgan 4ta o'rtoqlik uchrashuvida Bobur Yo'ldoshev va Egor Krimec juftligi himoya markazida ancha yaxshi taassurot qoldirdi. Endi esa ular orasiga Islom To'xtaxo'jaev ham qo'shildi...

- Toshkentda mahalliy klublar bilan o'ynadik. Xalqaro uchrashuv baribir, boshqa. Ozarbayjon bilan o'yinda ularni sinab ko'raman.

- Osiyo o'yinlariga borishi kutilayotgan 3 nafar yoshi katta futbolchi asosiy tarkib bilan na mashg'ulot o'tkazdi, na o'yinlarda ishtirok etdi. Bu holat yigitlarning o'zaro tushunib o'ynashlarida muammolarni yuzaga keltirmasmikan?

- Muammo tug'ilmasligi kerak. CHunki bu futbolchilar avval ham birga o'ynashgan. Qolaversa, yoshi katta futbolchilarimiz doimiy ravishda o'yin amaliyotiga ega bo'lib kelishmoqda.

- Darvozabon, himoya va yarim himoya masalasida muammolar yo'qdek. Lekin hujum chizig'i haqida bunday fikr bildirolmaymiz...

- Igor Sergeev, Navro'z Alimov va SHahzod Nurmatov istedodli hujumchilar hisoblanadilar...

- ...Gapingizni bo'laman, bu hujumchilar chempionatda sermahsul o'yin ko'rsatishmayapti. Bunga nima deysiz?
- Masalan, jahon chempionatida ham ko'p gollarni yarim himoyachilar urishdi. Bu muammo faqat bizda emas. Men shu yigitlarga ishonaman. Ular o'z gollari bilan terma jamoamiz muvaffaqiyatiga hissa qo'shishadi. Terma jamoa tarkibiga kirgandan keyin o'zlariga nisbatan talab va  masuliyatni yanada oshirishlari shart. Qolaversa, tarkibimizda hujumkor yarim himoyachilar ham bor.

- Yangi Zelandiya bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazish borasidagi kelishuv qanday amalga oshdi? Taklif kim tomonidan bildirilgandi?
- Taklifni biz jo'natgandik. Zelandiyaliklarning rejalariga to'g'ri kelgani uchun qabul qilishdi. Bilishimcha, biz bilan o'yindan keyin ular Xitoy terma jamoasi bilan ham o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishadi. Har qanday holatda ham, bu har ikki jamoa uchun juda muhim va foydali o'yin bo'ladi.


Kamoliddin Alimov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика