So’nggi yangiliklar

07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  4 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  0 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  1 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  2 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  3 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  2

Mirjalol Qosimov: "Omad bizdan yuz o'girdi" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Omad bizdan yuz o'girdi"

Janubiy Koreya - O'zbekiston (2:0) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida Mirjalol Qosimov ishtirok etdi.
"Bugun finalga xos o'yin bo'ldi. Judayam shijoatli, qiziqarli bahs guvohiga aylandik. Futbolda bunday holatlar uchrab turadi. Lekin biz mag'lubiyatga loyiq emasdik, oxirigacha kurashdik. Ochiqchasiga to'p kirita olmadik, omad yuz o'girdi. Janubiy Koreyaga keyingi o'yinlarda omad tilayman.

Futbolchilarimizning malakasi oshdi, tarkibimizda ko'plab yoshlar bor. Bugungi bahs ularning kelajagiga tasir qiladi.

Bizni barcha o'yinlarda qo'llab turgan muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman. Fursatdan foydalanib tashkilotchilarga rahmat aytmoqchiman, musobaqa yaxshi saviyada o'tdi. Jurnalistlarga ham rahmat", - deydi Qosimov.

- Hakamlar o'yinga tasir qilishdimi?
- Bundan musobaqalarda hakam holis bo'lishi kerak. Hisob 0:1 paytida Kapadzeni yiqitishdi. Lekin hakam indamadi. Hakamning saviyasi Osiyo Kubogiga munosib emas ekan. O'tgan o'yinda ham hakamlar juda ko'p xato qilishgandi. SHunga qaramay bizda bir qator imkoniyatlar bo'ldi, ochiqchasiga omad kelmadi.

- Lutfulla To'raev va Sanjar Tursunovni asosiy tarkibda tushishini qanday izohlaysiz?
- To'raev bilan Tursunovni tushirish taktikaga bog'liq bo'ldi. Ularda ham imkoniyatlar bo'lgandi. 

- Kvak Tay Xvi uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi bo'ldi, bunga qanday baho berasiz?
- U himoyada yaxshi o'ynadi, agar biz gol urganimizda u yaxshi bo'lolmasdi.

- Sardor Rashidovni katta kelajak kutyapti deb ayta olasizmi?
- O'zbek ftubolidan har doim yaxshi ftubolchilar etishib chiqqan. Faqat yoshlar mehnat qilishda davom etishlari kerak. 

- Endi terma jamoaning kelajagini qanday tasavvur qilasiz? Oldinda Jahon chempionati saralashi bor.  
- Oldimizga doim yuqori vazifalarni qo'yamiz. JCHga chiqish uchun bor kuchimizni ishga solamiz. Osiyo Kubogi katta musobaqa, bu biz uchun tajriba maktabi bo'ldi.


Xayrulla Xoliqov
Melburn
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика