So’nggi yangiliklar

00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  1 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  5 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  18 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  3 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  4 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  75 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  11

Mirjalol Qosimov: Haqqoniy natija qayd etildi Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: Haqqoniy natija qayd etildi

Vetnamga qarshi Osiyo Kubogi-2015 saralash E guruhi 4-tur uchrashuvidan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o'z shogirdlari harakatlaridan qoniqish hosil qilganini aytib, o'yinda haqqoniy natija qayd etilganini qayd etdi.

Eslatib o'tamiz, safarda Vetnam terma jamoasiga qarshi to'p surgan O'zbekiston milliy terma jamoasi yirik - 3:0 hisobida g'alaba qozondi.

Bugun jamoamiz yaxshi o'yin ko'rsatdi va butun uchrashuv davomida o'yinning borishini nazorat qila olishdi. SHogirdlarimning harakatlaridan qoniqish hosil qildim va g'alaba uchun ularning barchasiga minnatdorlik bildiraman, - dedi Qosimov.

Raqibimiz bugun o'z uyida o'ynadi va ularning o'yinini kuchsiz deb atamagan bo'lardim. Bizda darvozani ishg'ol qilish uchun vaziyatlar ko'proq bo'ldi va biz ulardan foydalana bildik. SHuning uchun ham uchrashuv natijasini haqqoniy deb hisoblayman, - dedi Qosimov.

Vohid SHodiev tomonidan urilgan golni tasodif demagan bo'lardim. O'sha vaziyatda hujumchi o'yindan uzilib qolmadi va oxirigacha to'p uchun kurashdi. Natijada, ushbu harakatlari uchun gol bilan taqdirlandi, -dedi O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi.

Mirjalol Qosimovning fikricha, Vetnam terma jamoasining bir qator o'yinchilari jiddiy jarohat olishlari ularning o'z qo'polliklari sabab bo'ldi.

Eng avvalo, futbol – bu sport, sportda esa bu qadar qo'pol harakat qilish mumkin emas. Vetnam terma jamoasi futbolchilari juda qo'pol harakat qilishdi. Bizning o'yinchilarimizga jarohat etkazishga harakat qilib, ularning o'zlari buning uchun jazolanishdi, - dedi Qosimov.

Eslatib o'tamiz, Osiyo Kubogi-2015 saralash E guruhi doirasidagi navbatdagi uchrashuvni O'zbekiston milliy terma jamoasi 19 noyabr, seshanba kuni safarda Gongkong terma jamoasiga qarshi o'tkazadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика