So’nggi yangiliklar

13:48Жейми Каррагер: "Бу "Ливерпуль" АПЛ учун мос эмас"  0 13:12Фабио Капелло: "Милан" — ўта пассив жамоа, ҳужумчилар ҳимояга ёрдам бермаяпти"  1 12:51Италия Кубоги. Барча чорак финалчилар ва жуфтликлар маълум!  2 12:24Бугунги тақвим: Суперлигада янги мавсуми қуръаси, футзал бўйича Осиё Кубогида "Марказий Осиё дербиси", ЧЛда охирги тур ва бошқалар  0 12:07Пол Скоулз: "Арсенал" АПЛ тарихидаги энг ёмон чемпион бўлиши мумкин"  6 11:42"Бавария" Упамеканони олиб қолиш учун 20 миллион евро бонус таклиф қилмоқда  0 11:2830 январь - ЎФА конгресси ва тақдирлаш маросими  3 10:17Терма жамоаларнинг қишки йиғини: олдинга қадамми ёки орқага?  16 09:46Туркманистон терма жамоаси футболчиси "Арал"га ўтди  10 09:18Юрген Клопп Германияда янги лига ташкил этиш устида ишламоқда  3 08:39Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  80 08:15Анталия–2026: "Локомотив"нинг назорат учрашувларидаги рақиблари маълум  0 07:51Бугун Суперлигага қуръа ташланади  14 02:20Ироқ. Темиров гол урган ўйинда "Арбил" дуранг ўйнади  4 01:02Футзал. Осиё чемпионати бошланди  1

Mirjalol Qosimov: "Dastlabki vazifa bajarildi" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Dastlabki vazifa bajarildi"

O'zbekiston – Afg'oniston (5:0) o'rtasidagi o'yindan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida Mirjalol Qosimov ishtirok etdi.
“Musobaqa boshlanishidan oldin guruh favoriti edik, bu o'z tasdig'ini topdi. Afg'oniston birinchi bo'limda qarshilik qilishga urindi, ammo biz kuchli ekanimiz ko'rinib turgandi. Bugungi o'yindan so'ng o'z oldimizga qo'yilgan dastlabki vazifani bajardik, yani guruhda birinchi bo'ldik”, - deb gap boshladi Qosimov.

- Bugun o'tgan turlarda kam o'ynagan himoyachilarni maydonga tushirdingiz. Saudiya Arabistoniga qarshi o'yindan oldin asosiy kuchimiz bo'lgan yarim himoyachilarga dam bersa yaxshi bo'lmasmidi?
- Bugun o'yin boshidan bunday qila olmasdim. Tanaffusda Sardor Rashidov va Fozil Musaevni almashtirdim. Ularda sariq kartochka ham borligi bunga sabab bo'ldi. Bundan tashqari Islom To'xtaxo'jaevga ham dam berishga qaror qildim. Barcha yigitlarga imkon qadar bir xil o'yin vaqtini berishga harakat qilayapmiz.

- Afg'oniston bizga qarshi ochiq o'ynadi. Guruhdagi uchta o'yin ichidan eng qiziqarlisi bo'ldi deya olasizmi?
- Gollar borasida albatta qiziqarli bo'ldi. Raqibimiz guruhdan chiqish imkoniyati yo'qligi uchun erkin o'ynashdi. SHu sababli ham hujumlarga ham o'tib turishdi. Biz esa keyingi bosqichga chiqish uchun kurashayotgandik. Har bir gol bizga qimmatli edi. Bugungi o'yin Saudiya Arabistoniga qarshi o'yinga tayyorgarlik vazifasini ham o'tab berdi deb o'ylayman. Xudo xohlasa 26 sentyabr kuni Saudiya Arabistoniga qarshi munosib qarshilik ko'rsatib g'alaba qozonishga umid qilaman.

Nodirxo'ja Yuldashev
Incheon
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика