Mirjalol Qosimov: "BAAga qarshi o'yin principial ahamiyatga ega"
04 mar 2014 12:30
Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "BAAga qarshi o'yin principial ahamiyatga ega"
OK-2015 saralashi doirasidagi O'zbekiston - BAA uchrashuvidan oldin bugun ikkala terma jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Matbuot anjumanining ikkinchi qismida Mirjalol Qosimov va Aziz Haydarov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashishdi.
"Hammangizni yangi mavsum bilan tabriklayman. BAA kuchli va ancha yillardan beri shakllanib kelayotgan jamoa. Ikki jamoa oldiga qo'ygan vazifani uddalagan bo'lsada, bu o'yin principial ahamiyatga ega. BAAdagi o'yinimiz yomon chiqmagan edi, ammo... Mavsumdagi davtlabki o'yinimiz orqali Avstraliyada bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogiga tayyorgarlikni boshlaymiz. Muxlislar ham terma jamoamiz o'yinini kutyapti. SHuning uchun ham ertaga yaxshi natija qayd etishga harakat qilamiz", - deydi Mirjalol Qosimov.
- BAA biz uchun noqulay raqib. O'zingizdagi bosimni engib o'ta oldingizmi?
- Biz gol urishimiz lozim bo'lgan paytda, 2010 yilgi o'yinda BAA vakili qarshi hujumda gol urib ketgan edi. Bu vaziyatni juda yaxshi eslayman. Biz to'sinnini poyladik, Bashar esa qarshi hujumda Anvar G'ofurovni aldab o'tib gol urgan. Mavsumning ilk o'yini bo'layotganligi uchun bosimni engib o'ta oldik deb o'ylayman. Lekin istaymizmi yoki yo'q, mavsum endi boshlanayotganligini inobatga olishimiz kerak.
- Maydonning sifati haqida nima deysiz?
- Bir paytlar loyda ham o'ynaganmiz. Agar ertaga BAA yaxshi maysada o'ynab, biz yomonda o'ynaganimizda bahona qilsak bo'lardi. Ammo biz ham raqib kabi bir xil sharoitdamiz. Maydon borasida ko'p gapirdik. Prezidentimiz sharofati bilan bunyod qilingan stadion va sharoitlardan unumli foydalanishimiz kerak. Ammo futbolchi uchun maydon katta ahamiyat kasb etadi. O'yinni chiroyi maydon bilan. Maydonimiz bundanda yaxshi bo'lishini istardim.
- Ertaga yangi taktik uslublardan foydalanasizmi, yangilik bo'ladimi?
- Har bir raqibni hurmat qilgan holda maydonga chiqamiz. maydonga tushadigan futbolchilar o'yin sifatimizni oshira oladilar. Raqib bilan bir xil sharoitda emasmiz. SHuning uchun 60-70 daqiqalarga kelib ustunligimizni namoyish etishimiz mumkin.
- Yaratilgan imkoniyatlarni yakuniga etkaza olmaslik, kasallikmi?
- Men ham yaxshi hujumchilar etishib chiqishini istardim. Har bir terma jamoaning bitta bo'lsa ham yaxshi hujumchisi bo'lishi kerak. Bu bizning muammoimiz bo'lib qolyapti.
- Rejangizdagi barcha futbolchilar etib kelishdimi, bu safar ham o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazilmadi?
- Krimec jarohati tufayli kela olmadi. Ismoilovni esa Xitoy klubi qo'yib yubormadi. Bu borada FIFAga xat yozdik. Bizni bunday mensimasliklariga yo'l qo'ya olmaymiz. Avvaliga ular yig'in uchun taklif bermadingiz deb bahona qilishdi, keyin esa kasalxonaga yotqizib uni suratini yuborishdi. FIFA qonuniga ko'ra futbolchimiz 2 mart kuni Ismoilovni MTJga qo'yib yuborishi kerak edi. Bu bilan klub o'ziga muammo ortirib olishi tayin. Bazan klublar iltimos bilan chiqishadi. Ammo "CHanchun Yatay" klubi noto'g'ri yo'ldan bordi.
1 mart uchun o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishni reja qilayotgan edik. UEFA qurasini ham kutdik. Ammo yakunda hech qanday kelishuvga kelmadik. May, sentyabr va oktyabr oyiga o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazshni rejalashtiryapmiz. Maydagi o'yinni Toshkentda o'tkazish borasida ish olib borilyapti.
- Nesterovning bugungi kundagi holati qanday?
- Ancha yaxshi. "Lokomotiv" safida ham o'rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etdi. Ertaga uning ham maydonga tushish imkoniyati bor.
- Mirjalol Qosimov nomi BAAda mashhur va biz sizni hurmat qilamiz. Ertaga siz ham yoshlardan foydalanasizmi?
- Avvalo rahmat. Murabbiy uchun har bir o'yin muhim. Ertaga shu niyatda maydonga chiqamiz. Erishib bo'lingan maqsadimiz chetga chiqadi.

Fikrlar