"Mirror": "Manchester Siti" Messini istalgan summaga sotib olishga tayyor
16 avg 2020 12:52
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/587195_original.jpg)
![](/upload/storage/587195_220.jpg)
"Mirror": "Manchester Siti" Messini istalgan summaga sotib olishga tayyor
"Manchester Siti" Leo Messini "Barselona"dan sotib olishga tayyor.
"Mirror" xabariga ko'ra, "shaharliklar" rahbariyati futbolchini istalgan summaga sotib olishga va unga xohlagan maoshini berishga tayyor. Biroq buning uchun Messi "Barselona"ni tark etishga rozilik berishi kerak.
So'nggi bir necha oy mobaynida Messining "Barselona"dan ketishi mumkinligi borasidagi xabarlar ko'payib ketdi. "Bavariya"ga qarshi o'yinda qayd etilgan hisob esa mish-mishlarni yanada avj oldirdi. "Manchester Siti" esa har yili yozda Messini sotib olishga urinib ko'radi.
Eslatib o'tamiz, ushbu mavsumda "ko'k-anorranglilar" birorta sovringa ega chiqmadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar