So’nggi yangiliklar

01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  0 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  1 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  2 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  2 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  0 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  4 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   37 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  11 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  1 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  8 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  27 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2

Mirko Yelichich: "Yaxshi hujumchi kerak" Yangiliklar

Mirko Yelichich: "Yaxshi hujumchi kerak"

Garchand, qaydnomadan Andrey Miklyaev bosh murabbiy sifatida o'tayotgan bo'lsada, Mirko Yelichich jamoada norasmiy bosh murabbiy.

SHu munosabat bilan, avstraliyalik mutaxassis bilan mikst zonada suhbatlashdik.

- Mirko, sizni va jamoangizni uzoq kutilgan muvaffaqiyat bilan tabriklayman. Bosib o'tilgan qadam engil kechmadi...
- Haftada ikki marotaba o'ynash biz uchun biroz qiyinchilik tug'dirdi. Hozirdanoq charchoq alomatlari yo'q emas. Lekin jamoa sifatida bu mashaqqatlarni enga oldik. Bugun ham juda qiyin o'yinlardan birini o'tkazib, yakunda engil tin oldik. Bu bilan barcha o'zbekistonlik muxlislarni tabriklasam bo'ladi.

- Keyingi bosqich o'yinlariga hali uch oy vaqt bor. O'ylab olish uchun katta muhlat. Qaerda xato bo'ldi, nimalarni to'g'irlash deganidik...
- To'g'ri. 1/4 finalga chiqqanimiz bilan, barcha o'yinlarda zo'r o'ynadik deb ayta olmayman. Ayniqsa "Sepaxon" bilan ikki o'yinda g'alaba qozongan bo'lsakda, bu guruhdagi vaziyatimizga katta tasir o'tkazdi. Eronliklar bilan o'yin biz uchun eng qiyini bo'ldi desam ham bo'ladi. Undan tashqari, siz aytgan kamchiliklar ham yo'q emas. Bu borada o'ylab reja tuzamiz.



- Saudiya Arabistonining ikkita jamoasiga qarshi, ikki xil vaqtda to'p tepdingizlar. Biri jaziramada, biri endi issiq mavsumi boshlanayotganida. "Al Hilol" bilan bo'lib o'tgan birinchi o'yin avvalgisidan ancha qiyin bo'lgani ko'rdik?
- Saudiya Arabistoni jamoalariga qarshi safarda harakat qilish doim qiyin bo'lgan. So'nggi o'yinimiz 40 gradus issiqda, yuqori namlik ostida kechdi. Nafas olishni o'zi og'ir, biz futbol o'ynashimiz kerak edi. Bugun ob-havo ikki tomonga ham halaqit qilmadi va bu erda o'yin birinchi planga chiqdi.

- OCHL-2016ni qo'lga kiritishda ikkita yaqqon favorit bor edi. Bulardan biri bilan bugun xayrlashdik, "Al Hilol". Ikkinchisi "Guanchjou Evergrand" sensacion tarzda guruhda qolib ketdi. Yaxshilab urinsa, "Loko" uchun katta imkoniyat tug'ilgandek. Qaysi nuqtani kuchaytirgan bo'lardingiz?
- Hujum chizig'ini kuchaytirib olsak chakki bo'lmasdi. Aslini olganda tarkibimizda yaxshi hujumchidar bor. SHunchaki, Mirzaev, Bikmaev va Abduxoliqov so'nggi yillarda mavsumni bunday bir maromda o'tkazishmagandi. Ular hozir har bir o'yinda imkon qadar to'liq harakat qilishyapti. Agar bunga ko'nikkan futbolchi bo'lganida boshqacha bo'lardi. Bizdagi muammo mana shunda.



- Benjamin belgilagan penalti va undan keyingi 5 daqiqa siz uchun qanday o'tdi?
- Qiyin vaziyatga tushib qoldik. Bu erda penalti menimcha yo'q edi. Hakamni qarorini o'zgartira olmaymiz. Vaziyatni ushlashga harakat qildik, muhimi futbolchilarimiz sarosimaga tushib qolishmadi.


Nodirxo'ja Yuldashev.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика