So’nggi yangiliklar

09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  0 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  1 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  3 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  9 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  34 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2

Mirko Elichich: "O'yinga tayyor 16 nafar futbolchimiz bor" Yangiliklar

Mirko Elichich: "O'yinga tayyor 16 nafar futbolchimiz bor"

O'zbekiston Kubogi 1-turidan o'rin olgan "Olimpik" – "Ishtixon" (0:2) o'yinidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Mirko Elichich fikrlarini bildirdi.

- O'yin haqida

Albatta, o'yinimizdan qoniqqanimiz yo'q. Nimalar etishmayotganini aniqlab, o'rganib chiqamiz. 3-4 kun oldin o'ynaganimiz va 3 kundan keyin o'yinimiz borligini inobatga olib, 3-4 nafar futbolchimizga dam bergandik. Bugungi o'yin manzur kelmadi. Zaxira futbolchilari ham o'z darajasida to'p tepa olmadi. Kamchiliklar ustida ishlab, "Olimpik-MobiUz" bilan o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz. 



- Bugun "Olimpik" juda ko'p xato qildi...

- Biz "Jayxun" bilan suniy maydonda harakat qildik. Shundan so'ng yana suniy maydonda shug'ullandik va tabiiy maydonda o'ynamadik. Maydondan maydonga moslashish qiyinchilik tug'dirdi. Tarkibimiz ko'plab yoshlardan iborat. Shuningdek, nisbatan tajribali futbolchilarimiz bor. Lekin bugungi o'yinda tajribali o'yinchilar o'z darajasida harakat qilmadi.



- "Olimpik" ketma-ket mag'lubiyatga uchramoqda. Bu vaziyatdan qanday chiqib ketmoqchisiz?

- Bunday paytda negativ narsalarni o'ylamaslikka va ijobiy holatlarni o'ylashga urinamiz. Keyingi o'yingacha vaqt kam. Bazi o'yinchilarimiz jarohatda. Ular qaytsa, bizga ancha foydasi tegardi. Hozirda darvozabonlardan tashqari o'yinga tayyor 16 nafar futbolchimiz bor. Ularning ko'pchiligi bugun o'zini ko'rsatolmadi. Tarkibimizdagi ko'pchilik yosh bo'lgani uchun ularga negativ muomalada bo'lsak, bu ularga psixologik tomondan noto'g'ri tasir qilishi mumkin.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика