So’nggi yangiliklar

18:51Клопп клублар ўртасидаги ЖЧ форматини жиддий танқид қилди  0 18:32Хаби Алонсо "Ювентус"га қарши ўйин ҳақида: "Уларнинг "Манчестер Сити"га қарши ўйини ҳеч нимани англатмайди"  0 18:06Суперлига. "Навбаҳор" - "Машъал" (матнли трансляция)  7 17:45"Милан" 3 футболчини сотиб олмади ва жамоасига қайтариб юборди  0 17:20"Штутгарт" футболчисини 100 млн еврога баҳоламоқда, "Бавария" эса 50 миллионга  0 16:51"Пахтакор" Қаршида сўнгги дақиқаларда иккита гол уриб, мағлубиятдан қутулиб қолган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  4 16:23"Барселона" Месси, Коутиньо, Куман олдидаги қарзларини ёпди  11 15:52"WhoScored" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатининг гуруҳ босқичи рамзий термасини тақдим қилди  15 15:15Факт: "Нефтчи" 17 йилдан буён меҳмонда "Қизилқум"ни юта олмаяпти  3 14:52“Нефтчи” академияси фаолиятини бошламоқда!  3 14:20Месси туғилган кунини нишонлади, Араухо уйланди, ПСЖда "ойлик чиқди". Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  12 14:10Котрина Кулбите: "Муносиб ўйин кўрсатиб, Осиё кубоги йўлланмасини қўлга киритишни мақсад қилганмиз"  1 13:54"Динамо" бир киши кам бўлиб "Қўқон-1912"ни ютган учрашувдан галерея  2 13:28Гвардиола Грилишнинг кам ўйнаётгани сабабини айтди  1 12:56Милан Митрович: “Футбол ҳаётга ўхшайди — ҳамма нарса режадагидек кетавермайди”  2

Mirjalol Qosimov: "Uzoq yo'l bosib kelgan 1 ta muxlis bo'lsa, o'sha muxlis uchun harakat qilishimiz zarur" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Uzoq yo'l bosib kelgan 1 ta muxlis bo'lsa, o'sha muxlis uchun harakat qilishimiz zarur"

Coca-Cola Superliganing 9-turidan o'rin olgan "Mashal" – AGMK uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o'z fikrlarini bildirdi.




- O'yin haqida 

- O'zi "Bunyodkor" bilan o'yindan oldin xavotirda edik. Hozir aniq bilmayman-u, 45 kun ichida 12 o'yinda qatnashish – og'ir. Xohlaymizmi-xohlamaymizmi inson organizmi charchaydi. O'tgan o'yindagi chetlatishdan keyin bir kishi kam o'ynab, katta kuch yo'qotgan edik. Qolaversa, 17:30 da o'ynash qiyin. Bu bahona emas, bahonani yomon ko'raman. Bugun ikki xil taym guvohi bo'ldik. Birinchi bo'limda "Mashal" o'yinchisining mahorati oldida Botirali Ergashev ojiz qoldi. Goldan keyin juda ko'p shoshildik va ikkinchi golni o'tkazib yubordik. Ikkinchi bo'limda yigitlar faol harakat qilishdi va bitta gol urishga erishdik. Natijani qisqartirdik, lekin bu 3 ochko taqdim etmaydi. Muborak klubini g'alaba bilan tabriklaymiz!  Endilikda tanaffusga chiqamiz, milliy terma jamoamizga Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadigan muhim o'yinlarda omad tilaymiz! 

- Bu tur o'yinini tik turgan holda asabiy tarzda o'tkazdingiz. Umuman, jamoangiz "Mashal"ni mag'lub etishga ishonganmidingiz yoki futbolchilar ko'rsatmalaringizni oxirigacha bajara olishmadimi?

- O'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan jamoa nima bo'lgan taqdirda ham ochko yo'qotishi kerak emas. Qolaversa, uzoq yo'l bosib kelgan 1 ta muxlis bo'lsa, o'sha muxlis uchun harakat qilishimiz zarurligini futbolchilardan talab qilaman. Bugun yutqazib qo'ydik, lekin tanaffusda bundan to'g'ri xulosa chiqarib olishimiz kerak.

- Mirjamol Qosimov almashtirildi, uning holati qanday?

- To'g'risini aytsam, hali anig'ini bilmayman. SHifokorlar endi malumot berishadi.

- SHohruh Gadoev "Nasaf"dan ketganidan keyin chet el klublarida, keyin "Bunyodkor"da o'ynadi, hozir esa AGMKda. Uning faoliyati haqida fikr bildirsangiz. Umuman olganda, u qaysi jihatlari orqali asosiy tarkibga munosib deb o'ylaysiz?

- Nafaqat Gadoev, qo'l ostimdagi 23 o'yinchi o'yinlarda ishtirok etadi, hech kimga boshlang'ich tarkibdan joy kafolatlanmagan. Kim tayyor bo'lsa, o'sha maydonga tushishi va jamoa uchun jon kuydirishi lozim. 

- Elvin Fortesning asosiy tarkibda tushirilmagani charchoq bilan bog'liqmi?

- Yo'q, men ko'pincha rotaciyaga qo'l uraman va har bir futbolchiga imkoniyat beraman. 

- Ertangi bahs "Nasaf" uchun qanday o'tadi deb o'ylaysiz?

- O'yinlarini ko'rganim yo'q. Championat.asia orqali kuzatib boryapman. Ikkita o'yinda g'alaba qozonishdi. O'ylaymanki, uchinchi o'yinda ham g'alaba uchun maydonga chiqishadi. Omad tilaymiz!

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика