Mirjalol Qosimov Superliga tarixiga kirdi
01 mar 2018 19:11
Yangiliklar


Mirjalol Qosimov Superliga tarixiga kirdi
Ayni paytda Superliga 1-turining dastlabki bahsi bo'lib o'tmoqda.
Unda Navoiyning "Qizilqum" klubi o'z maydonida Toshkentning "Lokomotiv" jamoasini qabul qilmoqda va hozircha 0:1 hisobida amaldagi chempionga imkoniyatni boy bermoqda.
Superliga tarixidagi dastlabki sariq kartochka birinchi bo'limda ko'rsatildi. Tarixiy sariq kartochkani "Qizilqum"ning 44-raqamdagi yarim himoyachisi Mirjalol Qosimov oldi. SHu tariqa, 31-daqiqada olingan kartochka bilan Qosimov o'z nomini Superliga deb nomlangan yangi chempionatimiz tarixiga yozib qo'ydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar