So’nggi yangiliklar

22:56АПЛ. "Ноттингем Форест" - "Манчестер Юнайтед". Бошланғич таркиблар аниқ!  0 22:53АПЛ. "Арсенал" - "Фулхэм". Таркиблар аниқ!  0 22:15Пролиганинг илк турида ишловчи расмийлар номи аниқ  2 21:50Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси U-17 Осиё кубогида неча марта иштирок этган?  1 21:21Cуперлига учинчи тур ўйинларида қандай ҳолатлар юз берди? Лига комиссари билдиргисидан кўчирма  6 20:58Суперлига. “Нефтчи” — “Навбаҳор” ва тўртинчи турнинг бошқа ўйинларида ишлайдиган расмийлар номи маълум  3 20:35Суперлига. "Қизилқум" – "Хоразм" учрашуви қолдирилди  4 20:14Суперлига. “Пахтакор” — “Машъал” учрашувида қайси ҳакамлар ишлайди?  0 19:35Анчелотти Эндрик нима учун кам ўйнаётганини тушунтирди  7 19:10Коло Муанининг келажаги сўроқ остида қолиб кетди  0 18:43Ўзбекистон кубоги. "Андижон ФА" ва "Навбаҳор ФА" гуруҳ босқичига чиқди   3 18:36МЮ "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 18:02"Ливерпуль" Исакнинг нархидан қўрқиб кетди  6 17:07Суперлига 4-турида ишлайдиган ҳакамлар эълон қилинди  6 16:26Педри "Олтин тўп"ни ким ютиши кераклигини айтди  33

Mirjalol Qosimov: "Sanjar Tursunov maydonni qarsaq chalib tark etayotgan edi, xolos" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Sanjar Tursunov maydonni qarsaq chalib tark etayotgan edi, xolos"

Superliga 18-turidan o'rin olgan "Navbahor" - OKMK uchrashuvidan so'ng OKMK jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi va o'yin haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi.


- O'yinni hamma ko'rdi. Jangavor o'yin bo'ldi. Namanganda o'ynash har doim qiyin. Durangga loyiq edik. Bugungi uchrashuv tarixga aylandi. Keyingi uchrashuvga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak.

- Bugun OKMK jamoasi ikki ochko yo'qotdimi yoki bir ochkoni qo'lga kiritdimi?

- Bu qaysi taraflama baholashga bog'liq. To'g'ri, biz har doim g'alaba uchun o'ynaymiz. Lekin har doim maqsadga erishish imkonsiz. Rus maqoli borku: "biz maqsad qilamiz, Xudo amalga oshiradi". Bugun durang bo'lishi kerak bo'lgan ekan va shunday natija bo'ldi. Qiyin uchrashuv bo'ldi. Lekin bir ochko Afrikada ham bir ochko.

- Jamoa sovrinli o'rinlarga kurashishda davom etadimi?

- Albatta, hali hech narsa yo'qotmadik. Oldindan aniq bir nima demayman. Lekin bizda imkoniyat bor va biz undan foydalanishimiz kerak. Mavsum so'ngida esa natijaga baho beramiz.

- Sanjar Tursunov maydonni tark etayotgan vaqti nima ro'y berdi. O'sha vaziyatga izoh berib o'tsangiz

- Sanjar maydonni qarsak chalib tark ketayotgan edi va bu normal holat. O'zbekistonda ashaddiy futbol muxlislari ko'p va eng ashaddiy muxlislar Namanganda. SHu sabab biroz tushunmovchilik bo'ldi. SHaxsiy fikrimga ko'ra, Sanjar hech qanday yomon ish qilmadi. Ammo uning harakatlari ayrim bir muxlislarga yoqmadi. Bu oddiy holat va futbolda bo'lib turadi.

- OCHL guruh bosqichidagi raqiblar haqida fikr bildirib o'tsangiz?

- Biroz nafas rostlab olaylik(kulib). Osiyo chempionlar ligasida kuchsiz jamoa yo'q. Barcha raqiblar xavfli. Eron, Saudiya va Iroq jamoalari bilan to'qnash kelamiz. Hozirgi asosiy vazifamiz keyingi uchrashuvga tayyorgarlik ko'rish. Bizni oldinda kubok bahsi kutib turibdi.

Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика