So’nggi yangiliklar

01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  0 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  1 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  2 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  2 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  0 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  4 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   37 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  11 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  1 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  8 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  27 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2

Mirjalol Qosimov: "Qiziqarli, shiddatli va jangovor o'yinda maqsadimizga erishdik" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Qiziqarli, shiddatli va jangovor o'yinda maqsadimizga erishdik"

O'zbekiston kubogi yarim final doirasida "Nasaf"ni mag'lub etgan AGMK (1:0) jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov qatorasiga uchinchi yil kubok finaliga yo'l olish oson bo'lmaganini takidlab o'tdi.

"Juda ham og'ir o'yin bo'ldi. Kubok doirasida oson uchrashuvning o'zi yo'q. Jamoa oldiga finalga chiqish maqsadi qo'yilgandi va buni uddaladik. SHogirdlarimga minnatdorchilik bildiraman. Qolaversa AGMKni qo'llab-quvvatlab turgan minglab muxlislarimizga tashakkur aytaman. Jamoaga bo'lgan ishonch uchun ishqibozlarga rahmat. AGMK endi finalga tayyorgarlik ko'radi.

O'yinga keladigan bo'lsak, qiziqarli, shiddatli va jangovor futbol bo'ldi. Keskin kurashlarga boy o'yin bo'ldi. Xato qilishga haqqimiz yo'q edi. Bunday darajadagi bellashuvlarda birgina xato ham qimmatga tushishini bilardik. Qolaversa "Nasaf" jamoasi ham ikkinchi taymda bor kuchi bilan harakat qildi. AGMK esa tanaffusdan keyin natijani saqlab qolish uchun harakat qildi va buni uddaladi. 

Futbolda avvaldan bashorat qilib bo'lmaydi. Har bir jamoa o'z oldiga maqsad qo'yadi va shunga yarasha intiladi. Qatorasiga uchinchi yil finalga chiqqanimizdan xursandmiz. Bu oson bo'lgani yo'q. Niyatimiz finalda munosib o'ynab, kubokni qo'lga kiritish.

Yo'qotishlar? Mirjamol Qosimov, Sanjar Tursunov va Bobur Yo'ldoshevda jarohat bor. Tursunov finalda ham jamoamizga yordam bera olmaydi. Yo'ldoshev va Mirjamol Qosimov borasida shifokorlar ko'rigidan so'ng barchasi malum bo'ladi. Hozir bir narsa deyish qiyin. Finalgacha vaqt kam. Bugungi o'yinda jarohat olgan futbolchilarimizning holatini esa ertaga bilamiz. Niyat qilamanki, ularda barchasi joyida bo'ladi".


Reyting: -17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика