So’nggi yangiliklar

17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  0 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  7 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  8 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  9 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  2

Mirjalol Qosimov: "Qilingan mehnatlarga "nuqta" qo'yishsa alam qilarkan" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Qilingan mehnatlarga "nuqta" qo'yishsa alam qilarkan"

Superliganing 8-tur doirasidagi "Bunyodkor" - "Lokomotiv" (1:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida "qaldirg'ochlar" ustozi Mirjalol Qosimov va o'yinda eng yaxshi bo'lgan Murod Zuhurov ishtirok etishdi.

- Nima bo'lganda ham "Bunyodkor" oxirigacha kurashadi. Namanganda garchi mag'lubiyatga loyiq bo'lmasakda yutqazdik. Bugun ham o'ziga xos derbi bo'ldi. Ochiq o'yin va chiroyli kombinaciyalarga boy bellashuv guvohiga aylandik. Golga tortadigan vaziyatlar ham ko'p bo'ldi. Stadionga kelgan muxlislarga rahmat. Albatta o'z futbolchilarimga ham tashakkur. Natija? SHuncha qilingan mehnatlarga "nuqta" qo'yib qo'yishsa alam qilarkan.

Hech qanday penalti yo'q edi. Buni xatto men o'tirgan joyimdan ko'rdim. Hamma insof bersin!

- Gol urilgach jamoa o'yinni biroz bo'shashtirib qo'ydi...
- Qo'shilaman, shu xato bo'ldi. Futbolda doimo oxirigacha kurashish kerak. Bir zum ham diqqatni yo'qotmaslik lozim. Futbolchilar ruhan tablodagi hisobni ushlab qolish uchun ham o'ynashni boshlashdi. Men har doim takrorlaganimdek, bu kabi o'yinlar, mag'lubiyatlar bizni yanada kuchli qiladi.


Murod Zuhurov: Bugungi bahs qiyin bo'lishini oldindan bilardik. Muxlislarga rahmat. "Bunyodkor" g'alaba qozonish uchun qo'ldan kelgancha harakat qildi. Ammo hamma narsa bizning harakatga bog'liq emaskan.

- Buyog'iga har bir Superliga o'yinlaridan oldin alohida penalti qaytarish borasida yanada ko'proq ishlash kerakmikan? CHunki "Bunyodkor" darvozasi tomon penalti belgilash odatga aylanmoqda...
- SHug'ullanish kerak, harakat qilish kerak. Balki rostanam penalti bo'yicha ham alohida shug'ullanish kerakdir. Ikkinchi penalti yo'q edi. Anvar G'ofurov koptokni tepib yubordi. Biz hech narsa deya olmaymiz. Hozir gapirib ham bo'lmaydi. Buni endi PFL hal qiladi.

Reyting: +120   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика