So’nggi yangiliklar

00:55Фримпонг жароҳати қанчалик жиддий экани маълум бўлди  0 00:51Эдем Неманов: "Медаллар учун курашамиз ва барчаси ўзимизга боғлиқ"  0 00:50Владимир Бубанья: "Насиб бўлса, ўтиш ўйинларида иштирок этмаймиз"  0 00:39Вадим Абрамов: "Самарқанд ЖЧга мезбонлик қиладиган стадионга эга бўлиши керак. Чемпионлик учун курашмаётганимизга ўзимиз айбдормиз"  0 23:55Шерзод Жўраев: "Насаф"дек жамоага қарши футболчиларни алоҳида руҳлантириш шарт эмас"  0 23:30Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган  15 23:11Расман: Лучано Спалетти "Ювентус" бош мураббийи этиб тайинланди  3 23:05Суперлига. "Навбаҳор" – "Насаф" 0:0  5 22:59Рўзиқул Бердиев ОКМК билан ўйиндан кейинги матбуот анжуманида айтган гаплари бўйича изоҳ берди (тўлиқ матбуот анжумани)  18 22:31Пирс Морган Криштиану Роналдунинг ҳаётидаги "энг очиқ" интервьюни эълон қилди. Суҳбат кейинги ҳафта премьера қилинади  3 22:02Ҳаким Фузайлов: "Жамоам 70 дақиқа футбол ўйнаяпти. Балки ўрнимга бошқа мураббий мавсумни тугатиб қўйгани маъқулдир"  5 21:39Лисандро оғир жароҳатидан сўнг МЮ машғулотларига қайтди  0 20:50Ибрагимович: "Интер"да бир қоида бор эди: агар кетма-кет икки ўйинда ютқазсак, маошлар кечиктириларди"  2 20:35Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди  202 20:27Суперлига. "Динамо" "Хоразм"ни ишончли тарзда мағлуб этди  11

Mirjalol Qosimov: "O'yin sifati haqida gapirishga hali erta" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "O'yin sifati haqida gapirishga hali erta"

Superliga-2025 dastlabki uchrashuvi OKMK - "Buxoro" (2:1) bahsidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Barchani muborak Ramazon oyi bilan qutlayman. Shuningdek, barcha ayollarimizni ertangi 8-mart bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Chempionatning birinchi bahsi har doim qiyin kechadi va hissiyotlarga boy bo'ladi. Mavsumni boshlash oson emas. Bugun ikki jamoa ham imkon qadar yaxshi o'yin namoyish etishdi. Shiddatli, tezkor, hujumkor va jangovar o'yin guvohi bo'ldik. Omad bizga kulib boqdi va biz gol ura oldik. Hozir o'yin sifatiga baho berish noto'g'ri, aniqrog'i hali erta. Ikki jamoa ham bugun yaxshi harakat qildi" - dedi Mirjalol Qosimov bugungi bahs haqida.

- Bugun "Buxoro" OKMKga qanchalik munosib qarshilik ko'rsata oldi deb o'ylaysiz? So'nggi daqiqadagi gol va yakuniy hisob bugungi o'yin uchun qanchalik adolatli natija bo'ldi?

- Men "Buxoro" yomon o'ynadi deganim yo'q. Ikki jamoa ham yaxshi qarshilik ko'rsatdi. O'zimning jamoam ham hozirgi holatdan kelib chiqib yomon o'yin ko'rsatmadi. Endi so'nggi vaziyatga to'xtalsak, hali vaziyat takrorini ko'rganim yo'q. Mening fikrimcha, himoyachi to'pga birinchi bo'lib egalik qilish maqsadida edi, ammo to'pga eta olmadi. Vaziyat qanchalik adolatli bo'ldi, bilmayman. Hozir bir narsa deyish qiyin. Barcha xato qilishi mumkin, balki o'sha vaziyatda xato bo'lmagandir. Hozircha esa jamoam g'alaba qozonganidan xursandman.

- OKMK yangi mavsum oldidan asosiy tarkibining o'zagini saqlab qoldi. Bir nechta yosh futbolchilar va legionerlar bilan bitim imzolandi. OKMKda yig'ilgan tarkibdan qanchalik ko'nglingiz to'lmoqda? Jamoa Superligada o'z oldiga qanday maqsad qo'ygan?

- Maqsadimiz har doimgidek eng yuqori. Futbolda ikki jamoa ham 11 nafar futbolchi bilan maydonga tushadi. Qaysidir jamoa 15ta futbolchi bilan o'ynay olmadi. Yigitlarga bo'lgan talablarim maksimal. Muxlislarimizni xursand qilishimiz kerak, natija esa o'zi keladi. Bosh murabbiy har doim o'z jamoasida eng yaxshi futbolchilarni ko'rishni istaydi. Jamoada yangilanish bo'lishi tabiiy, kimdir jarohat olgan. Hozirgina kiyinish xonasida futbolchilarga tezroq tiklanib olishimiz kerakligini aytdim. Aprel va May oylarida 6ta o'yinda ishtirok etamiz. Hozirgi kunda shu tarkibdan foydalana olamiz va ushbu tarkib imkon qadar foyda keltirishini istayman.

- Janubiy Sudanlik futbolchi Ajak Riak bugun OKMK safidagi debyut uchrashuvini o'tkazdi. Hujumchining bugungi o'yiniga qanday baho berasiz. Uning o'rniga maydonga tushgan Ali Abdurahmonov yakunda g'alaba golini kiritdi...

- Qaysidir futbolchini maqtab, boshqasini erga urmayman. Bu bir jamoa. Riak bor-yo'g'i bir hafta oldin jamoa safiga kelib qo'shildi. U jamoa yig'inlarida ishtirok eta olmadi. Umid qilamanki, barcha xarid qilgan futbolchilarimiz jamoaga ko'p foyda keltirishadi. 



Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика