So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  3 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  6 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  1 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  3 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  1 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

Mirjalol Qosimov: "O'yin avvalida o'tkazib yuborgan golimiz ancha muammo tug'dirdi" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "O'yin avvalida o'tkazib yuborgan golimiz ancha muammo tug'dirdi"

OKMK hamda "Buxoro" o'rtasidagi Superliganing 12-tur o'yinidan (3:1) so'ng mezbonlar ustozi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqidagi fikrlaringiz?

- Uch ochkoni qo'lga kiritdik va shu eng muhimi. Qiziqarli uchrashuv guvohi bo'ldik. O'yin avvalida o'tkazib yuborgan golimiz, ancha muammo tug'dirdi. O'yin so'ngida esa yaxshi o'yin namoyish etib, g'alaba qozondik. "Buxoro" juda ham noqulay raqib. muhimi uch ochkoni qo'lga kiritdik. Biz yangi sxemada o'ynamoqdamiz, uchta markaziy himoyachi bilan o'ynamoqdamiz. Eng muhimi uch ochkoni qo'lga kiritdik.

- Yangi himoyaviy uslub haqida aytib o'tdingiz. Ushbu mavsum "OKMK"ning himoyasi o'tgan mavsum bilan solishtirganda kuchsizlangandek. Oldinda esa CHempionlar ligasining o'tish o'yinlari bor. Ushbu xatolarni kamaytirish bo'yicha rejangiz bormi?

- Albatta, mehnat qilmagan inson xatolarga yo'l qo'ymaydi. O'yinlar orqali tajriba oshadi va xatolarni bartaraf etiladi. Bunday muammo butun dunyoda bor, kuchli jamoalar ayrim vaziyatlarda oddiy xatolarga yo'l qo'yadi. Bu masala ustida ish olib bormoqdamiz.

- Bugungi g'alaba qay darajada muhim, sababi o'tgan turda jamoangiz Yaypanda ochko yo'qotdi.

- To'g'risi oradan bir hafta o'tdi va o'tgan uchrashuv tarixga aylandi. Har bir uchrashuv biz uchun bir dek muhim. Futbolchilar avvalambor chiroyli o'yin ko'rsatib, muxlislar uchun o'ynashi kerak.

- Ushbu "OKMK" jamoasi ko'p holatlarda erta gol o'tkazib yubormoqda va keyinchalik o'yinga kirishib ketmoqda. Bunga sabab nima?

- Bunga sabab, biz har doim birinchi raqam bo'lib harakat qilamiz. Bizga qarshi o'ynash juda oson, biz ikkinchi raqam bo'lib, himoyalanib o'ynay olmaymiz. Bunday uslub menga mos emas. Men har doim yigitlarga chiroyli va hujumkor o'yin namoyish etish kerakligini uqtiraman. Mag'lub bo'lsak ham, maydoni "mag'rur" bo'lib tark etishimiz kerak.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика