So’nggi yangiliklar

01:42ЖЧ-2026 саралаши. Украина Исландияда супер ғалаба қайд этди, Германия, Франциядан голлар шодаси ва бошқа натижалар  0 01:15Амир Галенои: "Жаҳон чемпионати олдидан бизга катта тажриба бўлди"  0 00:57Сон Хён Мин рекордчига айланди  0 00:31ЖЧ-2026 олдидан Бразилия Карло Анчелотти билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:05Ўртоқлик ўйини. Россия Эронни мағлуб қилди  8 23:45"Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини ижарага бериб юбормоқчи  0 23:06Расман: Ноябрь ойида Ўзбекистон Мисрга қарши ўйнайди  7 22:55Холанд фаолиятида 4-марта АПЛда ой футболчиси бўлди  0 22:29Алексис Мак Аллистер ЖЧ-2026 ғолибини тахмин қилди  3 21:58Ўзбекистон термаси собиқ бош мураббийи: "Каннавародан кўра Кападзе термага кўпроқ мос эди"  23 21:44Жамолиддин Раҳматуллаев: "Ишлашимиз керак бўлган жиҳатлар кўп"  0 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон Лихтенштейнни йирик ҳисобда мағлуб қилди  5 20:53Марсело Бьелса: "Ўзбекистон билан ўйин жиддийроқ бўлади"  10 20:13А Сериянинг сентябрь ойидаги энг яхши мураббийи маълум қилинди  1 19:56​Бразилия Кореяни тор-мор келтирди  6

Mirjalol Qosimov: "Natijalarimiz sal yaxshilansa, barcha maqtashni boshlaydi. CHempionlik haqidagi gap-so'zlarga normal qarayman" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Natijalarimiz sal yaxshilansa, barcha maqtashni boshlaydi. CHempionlik haqidagi gap-so'zlarga normal qarayman"

Superliga 12-turidan o'rin olgan OKMK - "Paxtakor" (4:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- Bugungi o'yinda xursand bo'ladigan jihatlar ko'p bo'ldi. "Paxtakor"ga qarshi o'ynash oson emas. O'yinni jamoam boshqarib turdi deb o'ylayman. Tanaffusdan avval gol o'tkazib yubordik. Bugungi uchrashuv menga "So'g'diyona"ga qarshi kechgan o'yinni eslatib yubordi. Bugun haqli ravishda g'alaba qozondik.

- OKMK chempionlik uchun kurashmoqda. Hozirgi tarkibda yoshlar va tajribali futbolchilar yig'ildi. Birinchi davra chempioni bo'lishga yaqin turibsizlar. CHempionlik kurashi haqida fikr bildirib o'tsangiz?

- Eng yomon ko'rgan ishim bashorat berish. Jo'jani kuzda sanaymiz. Bosh murabbiy har doim o'z jamoasidan qoniqishi kerak emas. CHempionlikga davogarlik qilish uchun jamoani yaxshigina kuchaytirishimiz kerak. O'z o'yinimizni yaxshilashda davom etsak, natija o'zim keladi. Jamoaning ichidagilar nima bo'layotganini yaxshi sezishmoqda. Biz avvalambor muxlislar uchun o'ynaymiz.

- OKMK jamoasi chempionatimizda eng ko'p gol uradigan jamoalardan biri. Joriy mavsum jamoangiz juda ko'p gollarini so'ngi 15 daqiqa kiritmoqda. Bunga sabab nima? Mashg'ulotlarda alohida reja bo'yicha ishlayapsizlarmi?

- Bu jismoniy holatga bog'liq. Hozirgina kiyinish xonasida ushbu statistika haqida gapirib o'tdim. "Bunyodkor"da ishlagan vaqtlarim ham ikkinchi bo'limning 70-daqiqalaridan so'ng ko'p gol urganmiz. Sababi ikkinchi bo'lim yarmidan so'ng raqib futbolchilarda charchoq alomatlari seziladi. Futbolda ko'p gollarni jismoniy taraflama kuchliroq jamoalar uradi. OKMKda ham shunday holat. "Bunyodkor"da ham o'yin so'ngida ko'p gol urardik.

- So'nggi natijalardan so'ng OKMK jamoasi chempionlik uchun davogar ekanligi haqida ko'p gapirilmoqda. Ushbu gap-so'zlarga fikr bildirib o'tsangiz?

- Natijalarimiz sal yaxshilansa barcha maqtaydi. Biroz omadimiz kelmay, natijalar yomonlashsa tanqid qilishadi. Bu hayot. Bunday gap so'zlarga normal munosabat bildiraman. O'z ishimizni bajarishda davom ettiramiz.

- Birinchi davra yakunlanishi juda oz vaqt qoldi. Yozgi transferlar oynasida jamoangizda yangi futbolchilarni ko'rishimiz mumkinmi?

- Albatta. Hozirgi kunda transfer amalga oshirish juda qiyin ish. Futbolchilar shartnomaga qo'l qo'ymaganiga qadar mashg'ulotga ham chiqmayman deb turib olishadi. Statistika va o'yinlarini tomosha qilib, yaxshi taassurotlar qoldiri mumkin. Lekin mashg'ulotdagi xarakatlarini ko'rmay turib, futbolchini harid qilish noto'g'ri.

- Legionerlar mavzusiga to'xtalib o'tsak. Jamoaga yaponiyalik taklif qilindi. Ruben Sanchesh ham jarohatdan forig' bo'ldi.

- Sanchesh "Olimpik"ga qarshi o'yinda ham ishtirok etdi, ammo u hali to'liq tayyyor emas. Gadoev ham sekin astalik bilan jamoaga qo'shiladi. Ikkinchi davradan Gadoev safimizga qaytsa kerak. Yaponiyalik Arixiro o'zini yaxshi namoyish etmoqda. Yaponlar o'zi sabrli halq. Aslida Sentokuning o'rniga boshqa yaponiyalik futbolchini taklif qilmoqchi edik, ammo biz istagan futbolchi bizning safimizga qo'shilishni istamadi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика