So’nggi yangiliklar

16:56Факт. Виталий Левченко Жиззахда "Сўғдиёна"га мағлуб бўлмаган  1 16:35Қозоғистон терма жамоасига вақтинчалик бош мураббий тайинланди  1 16:13Дракслер етакчилигидаги "Ал Аҳли" Андижонда!  4 15:55Ўзбекистон футбол ассоциацияси Эрон терма жамоаси собиқ устозига жиддий қизиқмоқда  18 15:20"Валенсия" Винисиус ҳақидаги ҳужжатли фильм туфайли Netflix'ни судга берди  5 14:57ФИФА ЖЧ-2026 саралашида иштирок этаётган терма жамоага техник мағлубият ёзди  0 14:30Кападзе ФИФА кунларида терма жамоа бошқарувида бўлади  15 14:02Ротация режалаштирилган. "Реал" "Қайрат"га қарши ўйинда майдонга тушириши мумкин бўлган футболчилар маълум  9 13:39"Милан" ва "Интер" "Сан Сиро"ни бузади  0 13:17"Машъал" "Бухоро" билан ўйиндан олдин 2 нафар йўқотишга эга  3 12:57Аҳрор Рисқуллаев Суперлигада юбилей ўйинини бошқарди  4 12:34Уругвайнинг асосий футболчилари Ўзбекистонга қарши баҳсни ўтказиб юбориши мумкин  3 11:45"Насаф" "Ал Ҳилол"га кичик ҳисобда мағлуб бўлган учрашувдан галерея  5 11:20Игорь Сергеев: "Илк дақиқалардан вақт чўзиш ҳолати кузатилди, муҳими ғалаба қозондик"   0 10:48"Арсенал" асосий футболчиси билан узоқ муддатли шартнома имзолади  0

Mirjalol Qosimov "Nasaf" bilan o'yin, Tursunovning jarohati va mag'lubiyatsiz seriya sabab bosim haqida Yangiliklar

Mirjalol Qosimov "Nasaf" bilan o'yin, Tursunovning jarohati va mag'lubiyatsiz seriya sabab bosim haqida

AGMK - "Nasaf" (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Mirjalol Qosimov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.




O'yin haqida

Bugun bir-biriga mos ikki jamoa o'zaro o'yin o'tkazdi. Ularning har ikkisi ham bugungi kunga qadar mag'lubiyatsiz kelayotgandi. O'yin jangovar, tezkor va kurashlarga boy bo'ldi. "Nasaf" shakllangan jamoa. Jamoaning o'z akademiyasi bor va u erdan yaxshi futbolchilar etishib chiqqan. Berdiev doimo yoshlar bo'lishiga qaramay, jamoani yaxshi shakllantira olgan. G'alaba qozonganimizdan xursandman. SHuningdek, bizni TV orqali bo'lsada qo'llab-quvvatlagan muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman. Muxlislar pandemiya orqali stadionga kira olishmayapti. SHu sababli, Olmaliqda o'yinlarni TV orqali ko'proq takror namoyish etishni iltimos qilishibdi. Bu quvonarli, futbolchilarimizning mehnati. Fursatdan foydalanib, yigitlarga minnatdorchilik bildirmoqchiman. O'yin davomida kurashishdi va o'z maqsadimizga etdik. Jamoamizga befarq bo'lmagan insonlarga va rahbariyatga rahmat aytmoqchiman. 


Jamoadagi o'zgarishlar

Raqib safida Bozorov va Kenjaboev tushganidan so'ng Sardor Rahmonovni maydonga tushirdim. CHunki, tayanch zonasi bo'shdek ko'rinib qoldi. Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar ham o'yinni kuchaytira olishdi.


Zonich tayyormi?

U o'yinlarga tayyor. Jarohatdan qutildi va mashg'ulotlarda qatnashmoqda. Raqibdan kelib chiqqan holda o'yinchilar tanlanadi. Har doim ham rotaciya qilib bo'lmaydi. Markazdagi futbolchilarimiz oldingi o'yinlarda yomon harakat qilishmadi. SHu sababli ham, bugungi muhim o'yinda ularni o'z o'rnida qoldirdim. Mavsum hali uzoq. Masalan, bugun Sanjar ham o'zini yomon his qildi. Hali o'yinlar ko'p va rotaciyalar amalga oshiriladi. 


Tursunovning jarohati

Issiq jon. Bu barchada kuzatiladi. U o'yindan oldin o'zini yaxshi his qilayotgandi. Uchrashuv davomida uning ko'ngli aynidi va o'zini yomon his qila boshladi. Uning jarohati jiddiy emas. 


Mag'lubiyatsiz seriya sabab bosim

Avvalambor ushbu seriyamiz davomli bo'lsin. Maydonga chiqqandan keyin kurashish kerak. Gol kiritgandan so'ng bo'shashgandik. Darhol gol o'tkazib yubordik. Har bir uchrashuvga jiddiy tayyorlanib, oxirigacha kurashish kerak. Kuchli istak kerak. Piyoda yurib xech kimni yutib bo'lmaydi.  

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика