So’nggi yangiliklar

02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  154 01:45U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда қабул қиламиз. Бу қандай бўлади?  0 00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  1 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  5 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  5 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  14 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  3 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  134 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  8

Mirjalol Qosimov: "Ertaga biz nafaqat AGMK shani, balki o'zbek futboli mavqei uchun ham kurashamiz" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Ertaga biz nafaqat AGMK shani, balki o'zbek futboli mavqei uchun ham kurashamiz"

OCHL pley-off doirasidagi "Al Garafa" - AGMK uchrashuvi oldidan matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda AGMK ustozi Mirjalol Qosimovga Sanjar Tursunov hamrohlik qildi.

Mirjalol Qosimov: "Avvalambor anjumanga yig'ilgan ishtirokchilarga Assalomu alaykum! Arabcha tushunmasam ham, boshlovchi tomonidan bildirilgan iliq so'zlar uchun minnatdorchilik bildiraman.

AGMK jamoasining maqsadi xalqaro musobaqalarda ishtirok etish. Klub infratuzilmasi ham oxirgi yillarda aynan shu maqsadga erishish uchun yo'naltirilgan. Qolaversa, O'zbekistonda futbolni juda ham qattiq yaxshi ko'rishadi va mamlakatimizda futbol ishqibozlari juda ham ko'p. AGMK Olmaliq shahridagi jamoamizning ashaddiy muxlislari uchun ham borini berib harakat qiladi. SHuningdek, xalqaro maydondagi ishtirok payti O'zbekistondagi barcha ishqibozlar ham bizga befarq bo'lishmaydi, deb o'ylayman.

Klub rahbariyati AGMK jamoasiga katta maqsadlar sari intilishi uchun barcha sharoitlarni yaratib bergan. SHu boisdan ham jamoamiz ishonchni oqlashga harakat qiladi.

Allohga behisob shukur, Qatarga yaxshi niyatlar bilan kelganmiz. "Al Garafa" yaxshi jamoa. Raqibni o'rganib chiqdik. Garchi "Al Garafa" ichki chempionatida yaxshi ishtirok etolmayotgan bo'lsada jiddiy raqib. Kuchli mutaxassis qo'l ostida yuqori malakali futbolchilar yig'ilgan. Qolaversa legionerlari, xususan Ku Ja CHol, Gediura, Xanni va Moreno kabi individual kuchli ijrochilar mavjud.


Raqibning o'yinlari tasvirini ko'rib chiqdik. Biz avvalambor o'z o'yinimizdan kelib chiqib harakatlanamiz. Bu guruh bosqichi emas, balki bir o'yindan iborat bahs. Qiyin tarafi shu. Bu nafaqat biz uchun, balki "Al Garafa" uchun ham kichik muammo. Bu futbol. Nima bo'lishini ertaga ko'ramiz.

Eng muhimi, o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'ryapmiz. Futbolchilarimiz o'yinning qiymati naqadar yuqori ekanligini yaxshi his etib turishibdi. Biz nafaqat jamoamiz shani, balki o'zbek klublarining xalqaro maydondagi avvalgi mavqeini qaytarish uchun ham kurashamiz. CHunki oxirgi yillarda OFKda reytingimiz tushib ketgan. Avvallari 3ta o'zbek klubi guruh bosqichidan ishtirok etardi. Hozir esa bu ko'rsatkich 1+1ga aylangan.

Hali takidlaganimdek, ertangi bahs bir uchrashuvdan iborat. SHu boisdan ham bo'lajak bellashuvda imkon qadar kamroq xato qilib, yuzaga keladigan vaziyatlardan maksimal foydalanishimiz zarur.

Sanjar Tursunovga qatarlik jurnalist tomonidan berilgan "Nima deb o'ylaysiz, ertangi o'yin yakunlangani haqidagi hakam xushtagidan so'ng AGMK jamoasining orzulari to'xtaydimi yoki davom etadimi?" savolga jamoamiz sardori shunday javob qaytardi:

- Ertaga bizni qiyin o'yin kutib turganini bilaman. "Al Garafa" chempionatda qoniqarli o'ynay olmayotgan bo'lsada, OCHL butkul boshqa musobaqa va bunga chalg'imaslik lozim. Hammasi bitta o'yinga bog'liq. Har qanday jamoa bir o'yinga boshqacha kayfiyatdagi munosabat bilan tushishi mumkin. SHuni aytishim mumkinki, AGMK "Al Garafa"dan qo'rqmaydi, lekin raqibni hurmat qiladi. Ertaga g'alaba qozonib, Olmaliqqa bayram taqdim etish va O'zbekiston klublarining xalqaro maydondagi mavqeini ko'tarish uchun borimizni berib harakat qilamiz.


SHu payt jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov gapga qo'shimcha qilib, men jamoamga va Sanjar Tursunovni ko'rsatib, futbolchilarga ishonaman deya dadil gapirdi.

Qatarlik jurnalistlar Mirjalol Qosimovdan mutaxassis sifatida "Al Garafa"ni kuchli va kuchsiz jihatlarini aytishini so'rashganida bosh murabbiy raqibga hurmat saqlagan holda bu savolga javob qaytardi:

- Birinchidan, hamma narsani ertangi o'yin ko'rsatadi. Hozirdan raqib haqida batafsil tarif berishni istamasdim. Qo'shimchasiga, menda raqibning kamchiliklarini sanash va yomonlash odati yo'q. Doim asosiy urg'uni o'z jamoamga qarataman va raqibga omma oldida keskin bahoni bermayman. SHunisi aniqki, Sanjar Tursunov aytganidek, biz raqibdan qo'rqmaymiz. Lekin "Al Garafa" hurmatga sazovor jamoa. To'p bilan ham yaxshi muomulada bo'ladigan jamoa sifatida bilaman. Menimcha, ertaga muxlislarni juda ham qiziqarli o'yin kutmoqda. "Al Garafa"da ham, bizda ham to'p bilan ko'proq muomalada bo'lish talabi bor. SHunday o'yinni tarafdorimiz. Maydonda raqibga hech bir chiziqda bo'shliq qoldirmaslik talab etiladi. Raqibni xato qilishga majburlab, o'zimiz kamroq xato qilishimiz zarur bo'ladi.

Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика