Mirjalol Qosimov: "CHetlatishdan keyin imkoniyatimiz oshdi"
26 sen 2020 20:41
Yangiliklar


Mirjalol Qosimov: "CHetlatishdan keyin imkoniyatimiz oshdi"
Superliga 17-turidan o'rin olgan AGMK - "Qizilqum" (2:1) jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bugun o'ziga yarasha bir-biriga munosib jamoalar to'qnash keldi. Qaysidir manoda derbi bo'ldi. Kurashlarga boy, jangovor o'yin kechdi. "Qizilqum" jamoasi ikkinchi davrada yaxshi saviyadagi futbolchilarni safiga qo'shib oldi. Qolaversa oxirgi o'yinlarda yomon natijalar qayd etishmadi. Bugun hech qaysi jamoa mag'lubiyatga uchragisi kelmadi.
Birinchi bo'limda o'zimizning xatomiz evaziga gol o'tkazib yubordik. Bu esa bizni yanada oldinga borishga majbur qildi. Raqib safidagi Erkin Baydullaevning maydondan chetlatilishi imkoniyatlarimizni oshirdi deyishim mumkin. Haqli ravishda g'alabani qo'lga kiritdik. "Qizilqum" jamoasiga keyingi o'yinlarda omad tilab qolaman",- deydi Mirjalol Qosimov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar