So’nggi yangiliklar

20:35Александр Хомяков: "Футболда ишонч ва хоҳиш кўп нарсани ҳал қилади"  7 20:18Учта ўйинда 14:1, саудияликлар фойдасига. ОЧЛ Элит кубоги Саудияда қоладими?  2 19:34"Барселона" "Байер" футболчисини Испанияга қайтармоқчи  1 19:12Ўзбекистон кубоги. "Андижон" сафарда "Лочин"га ютқазиб қўйди   85 18:48Ўзбекистон кубоги. "Сурхон" - "Динамо": Асосий таркиблар маълум  7 18:1019 ёшли посбон, "Насаф" футболчиси, ОКМКни ютган мураббий ва Ўзбекистон МТЖ аъзоси — Суперлигада 7-турнинг энг яхшилари   4 17:55"Челси" сал кам 100 миллион долларга сотиб олган футболчиси билан хайрлашишга тайёр  2 17:25"Реал" етакчиларидан бирининг келажаги борасида қарор қабул қилди  1 16:46Футзал. Ўзбекистон кубоги чорак финал ўйинлари тақвими маълум  0 16:10"Реал" Анчелоттига янги "лавозим" таклиф қилади  22 15:48"Бунёдкор" - ОКМК учрашувидан галерея  0 15:29Иззатов, Ғуломов, Бозоров, Собиров ва бошқалар ... Суперлига 7-тур рамзий терма жамоаси   2 15:06Ўзбекистон кубоги. Гуруҳ босқичидан кейин тўпурарлар пойгасида вазият қандай?  0 14:25"Челси" туркиялик футболчи учун 100 млн евро беришга тайёр  7 13:58МЛС клуби Поль Погба билан музокара ўтказди  0

Mirjalol Qosimov: "Barqaror jamoaga aylanishimiz uchun yanada ahil bo'lishimiz kerak" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Barqaror jamoaga aylanishimiz uchun yanada ahil bo'lishimiz kerak"

AGMK - "Surxon" (2:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida qatnashdi.

"Bu o'yin juda ham muhim edi. Ketma-ket mag'lubiyatlardan keyin yigitlarning ko'zida ruhan tushkunlik ko'rinib qolgandi. Birinchi taymning o'zida uch futbolchimizning sariq kartochka olishgani bahs kurashlarga boy bo'lganini aytib turibdi. Standart vaziyatdan keyin hisobni ochdik. Ikkinchi taymning boshida 15 daqiqada hisobni ushlab qolishga harakat qildik, raqib ko'proq hujumga o'tdi. Eng kerakligi uch ochko qo'lga kiritildi. Oldinda hali o'yinlar ko'p. Har bir bahs kurashlarga boy bo'lmoqa. Jamoa qo'ldan kelganicha harakat qildi. Yigitlarga ham, muxlislarga ham rahmat aytaman", - deydi Mirjalol Qosimov.




Bu mavsumda ko'p o'yinlarda o'zimizning xatolar bilan gol o'tkazib mag'lub bo'ldik. Akbar To'raevga imkon berdik, Suhrobjon Sultonovga ham imkon berdik. Bugun Nizomiddinga imkoniyat berdim. U olimpiya terma jamoasi azosi hisoblanadi va jarohati bor edi. Jamoada sog'lom raqobat bo'lgani yaxshi.

Legionerlardan ko'nglim to'lmoqdami? Mavsum boshida vaqtimiz juda oz bo'lgandi shu bois tavakkal qilib ularni tanlagandim. Qaytarman vaqtimiz juda kam edi, fors-major bo'lib qolgandi.

Barqaror jamoaga aylanishimiz uchun yanada ahil bo'lishimiz kerak. Mavsum boshlanganiga ancha vaqt o'tdi. Futbolchilar o'rtasida tushunmovchilik bo'lishi kerak emas. Futbolchi maydonga tushdimi muxlislar uchun borini berishi kerak. Tarkibda o'zgarishlar ham qilayapmiz. Oddiy vaziyatlarda xato qilib gol o'tkazib yuborayotgandik.

"Bugun ortga yo'l yo'q edi. Faqat g'alabani o'ylab chiqdik. Murabbiyimiz ko'rsatmasini 75-80 foizga bajardik deb o'ylayman", - deydi Murodjon Toshmatov.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика