So’nggi yangiliklar

20:58"Манчестер Юнайтед"да янги тўлқин: беш футболчи клубни тарк этиш ниятида — Романо  0 19:49Аарон Рэмзи фаолиятини Мексикада давом эттиради  0 19:33Суперлига. "Сўғдиёна" - "Қўқон-1912" 2:0 (матнли трансляция)  3 19:21Салоҳ: "Ҳеч қачон "Ливерпул"га қайтишдан бунчалик қўрқаман деб ўйламагандим. Диогунинг йўқлигига кўникиш ниҳоятда қийин"  1 19:04Суперлига. "Сурхон" - "Бухоро" (матнли трансляция)  2 18:58Хитой клуби рақибларини лаънатлагани учун жаримага тортилди  0 18:32Диогу Жотанинг ҳаётий ҳақиқатлари  1 18:14"Барселона" Уильямснинг трансфери барбод бўлгач, эътиборини "Ливерпуль" футболчисига қаратди  8 17:48"Арсенал" футболчиси билан шартномани муддатидан олдин бекор қилди  1 17:20"Бавария" собиқ ҳужумчиси Остон Ўрунов ўйнаётган жамоага бош мураббий бўлди  1 16:53"Ливерпуль" устози Слот Жота билан охирги суҳбати нима ҳақида бўлганини айтиб берди  0 16:27Расман: "Сўғдиёна" албаниялик ҳужумчи трансферини эълон қилди  13 16:10Дарвин Нуньес: "Табассумингни унутмайман"  1 15:44"Манчестер Сити" португалиялик дарвозабоннинг товон пулини тўлашга тайёр  0 15:17Рафаэль Надаль: "Жотанинг оиласига ҳамдардман"  2

Mirjalol Qosimov: Asosiy etiborni jamoaning umumiy holatini tezroq optimallashtirishga qaratamiz Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: Asosiy etiborni jamoaning umumiy holatini tezroq optimallashtirishga qaratamiz

AGMK jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov karantindan qaytgan futbolchilarning holati va tez orada tiklanadigan Superliga o'yinlari oldidan klub matbuot xizmatiga o'z fikrlarini bildirdi.

"Avvalo futbol jamoatchiligi va muxlislarni yana futbol qaytayotganligi bilan tabriklayman. Hukumatimiz futbol o'yinlari va mashg'ulotlarga ruxsat bergani nafaqat futbol jamoatchiligi, balki millionlar o'yinini sog'ingan ko'plab muxlislarni ham xursand qildi, nazarimda. Muhimi, futbol jamoatchiligi hukumat tomonidan berilgan mazkur ishonch va imkoniyatni qadrlab, hozirgi pandemiya davrida har bir ishga masuliyat bilan yondoshishi kerak. Karantin davrida asosiy vaqtni uyda oila davrasida o'tkazdik. Bu davr ham qaysidir manoda bazi holatlar bo'yicha kerakli xulosalarni chiqarishga yordam berdi.

Karantinda futbolchilarning holatini masofadan nazorat qilib, kerakli dasturlar asosida shug'ullanishlarini belgilab berdik. Endilikda barcha mavjud tartib qoidalarga amal qilgan holda mashg'ulotlarni tikladik. Quvonarlisi, futbolchilar karantin davrida o'z ishlariga professional yondoshib, imkon qadar o'zlarining jismoniy holatlarini bir meyorda ushlashga muvaffaq bo'lishgan. Mashg'ulotda futbolchilar yashil maydonni, to'pni va ayniqsa jamoaviy muhitda o'zaro shug'ullanishni juda sog'inishgani ko'rinib turibdi. Yani ular ishga chanqoq. Bu esa qisqa fursatda restart oladigan Superliga o'yinlariga ularni har taraflama tezroq sport formalarini optimal holatga keltirishga yordam beradi. To'g'ri, tanaffus uzoq cho'zildi va jamoaning umumiy holatini qisqa fursatda optimallashtirish oson bo'lmaydi. Lekin fors-major holati barchani bir xil sharoitga qo'yadi. SHu bois hozirgi asosiy diqqatni avvalo jamoaning jismoniy holatini tiklash va o'yin tashkil etishda jamoaviy o'zaro tushunchalarni tezroq yana shakllantirib olishga qaratamiz. Mashg'ulotlar va o'yin orasidagi interval qisqa bo'lsada, chempionat boshlansa uchrashuvlar orqali jamoaning umumiy holatini tezroq tiklashga harakat qilamiz.

Muxlislarsiz futbol asosiy bezagini yo'qotadi. Lekin hozirgi davrda eng maqbul yo'l tomoshabinlarsiz o'yin. CHunki salomatlik va xavfsizlik barcha narsadan ustun. O'ylashimcha, garchi muxlislar stadionga tusha olishmasada, teleekran orqali katta qiziqish bilan o'yinlarni tomosha qilishadi. Biz esa ularning qo'llab-quvvatlovini his etgan holda maydonga bir maqsad — ishqibozlarimizni xursand qilish uchun chiqamiz. AGMK jamoasi olmaliqlik ishqibozlarimizni o'zining chiroyli o'yini va natijalari bilan xursand etishi uchun qattiq ishlaydi", - deydi Qosimov.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика