So’nggi yangiliklar

22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  1 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  2 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  14 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  16 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  9 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  17 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  1 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2 17:55"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини сотиб олади  0 17:33Расман: Постекоглу – "Ноттингем Форест" бош мураббийи!  5 17:16Расман: Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё Кубогига чиқди!  26 17:08Ўзбекистон Эрон устидан қийин ғалабага эришиб, CAFA мусобақаси ғолибига айланган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  3 16:56U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Фаластинни қийинчилик билан мағлуб этди  58 16:36"Бухоро" "Навбаҳор" билан ўйинни уйида ўтказади  6

Mirjalol Qosimov: "Al Ittihod"ga qarshi ochiq futbol o'ynab bo'lmaydi" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Al Ittihod"ga qarshi ochiq futbol o'ynab bo'lmaydi"

Osiyo chempionlar ligasi birinchi turidan o'rin olgan "Al Ittihod" – OKMK uchrashuvidan oldin mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov va klubning etakchi futbolchisi Sanjar Tursunov matbuot anjumanida qatnashishdi.

- O'yin haqida

- Har kungidek tayyorgarlik. Kecha uchib keldik. Bir kun vaqtimiz bor. O'yinga har doimgidek tayyorgarlik ko'ryapmiz.

- Sanjar Tursunovning jamoa tayyorgarligi haqidagi fikrlari qanday?

- Biz doimgidek tayyorlanmoqdamiz. Biz har bir o'yinga ijobiy natija uchun chiqamiz. Raqib juda kuchli, bu o'yin biz uchun juda muhim, shu sabab ishtiyoqimiz ham ikki barobar kuchli.

- Janob murabbiy, sizni tavallud ayomingiz bilan tabriklayman. Siz haqiqiy futbol ekspertisiz. O'yinchi sifatida ham, murabbiy sifatida ham. "Al Ittihod"ga qarshi o'yin o'ziga hos hisoblanadi. Raqibingiz juda kuchli. SHu nuqtai nazardan qaralsa, sizda qaysidir jihatdan o'yindan oldingi qo'rquv yoki cho'chish yo'qmi? Bazi o'yinchilaringiz hozirda jarohatda...

- Tabrik uchun rahmat. Biz istalgan raqibni hurmat qilamiz. Qo'rquvga kelsak, bunday yoshdan o'tganman. Bu futbol, vaziyat biz o'ylagandek bo'lsa, ertaga o'zimizga kerakli natija qayd etamiz. Ertaga nima bo'lishini faqat yaratgan biladi. Ertaga juda yaxshi o'yin ko'ramiz, deb o'ylayman. Bu guruhda kuchsiz jamoaning o'zi yo'q. 

- Men ham sizni tabriklaymiz. Ertaga qiyin jamoaga qarshi o'ynaysizlar. "Al Ittihod" bilan qanday kurashasizlar?

- Inson inson bilan qanday kurashsa, shu tarzda kurashamiz. Bizga oson bo'lmaydi. Tushunib turibmiz. Evropani top jamoalarida o'z o'rniga ega bo'lgan futbolchilar hozir "Al Ittihod"da o'ynamoqda. Biroq, mag'lub bo'lmaydigan jamoa yo'q. Bu futbol. Bu erda eng keraklisi, biz o'z o'yinimizni ko'rsatishimiz kerak. Buni albatta vaqt ko'rsatadi. 

- O'yinga qanday rejalaringiz, taktikalaringiz bor?

- Bu jamoaga qarshi ochiq futbol o'ynab bo'lmaydi. Raqibning hujum chizig'ida juda kuchli o'yinchilar bor. Biz hujumda ham, himoyada ham bo'sh zona qoldira olmaymiz. Bir kunda o'yin uslubimizni ham o'zgartira olmaymiz. CHempionat va kubok o'yinlarida boshqacha harakat qilardik. Bu erda bir jonu, bir tan bo'lib harakat qilishimiz kerak.

- OCHLning birinchi turidinoq, bu qadar kuchli raqibga qarshi o'ynash omadmi yoki omadsizlik?

- Albatta, omad. Guruh bosqichiga chiqqanimizni o'zi bir omad, aslida. Biz yosh jamoamiz. Har doim ham xalqaro musobaqalarga chiqib yurmaganmiz. Bir tanu, bir jon bo'lganimiz sabab shu bosqichgacha etib keldik. Bu o'ziga yarasha tarix. Bir yil oldin Benzema shu erda o'ynashini tasavvur qilish ham qiyin edi. SHunday ekan, bu erda qo'rqadigan narsa yo'q. O'zimiz yoqtirgan soha, biz futbol o'ynagani kelganmiz. Qolaversa, muxlislar uchun harakat qilamiz. "Al Ittihod" ikkinchi davrada Olmaliqqa boradi. Biz o'z muxlislarimizning shu kabi jamoalar o'yinidan bahra olishlariga ozgina bo'lsa ham xissa qo'shganimizdan mamnunmiz. 

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика