Mirislom Hasanov: "Zaxiradan maydonga tushganlar o'yinni kuchaytirdi"
13 iyu 2021 09:41
Yangiliklar
Mirislom Hasanov: "Zaxiradan maydonga tushganlar o'yinni kuchaytirdi"
Pro liganing navbatdagi turidan o'rin olgan "Buxoro" - "SHo'rtan" (3:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Mirislom Hasanov fikrlarini bildirib o'tdi.
"O'yinni barcha ko'rdi. Birinchi bo'limda bizda ko'plab vaziyatlar yuzaga keldi. Muhimi ishonchli g'alabaga erishdik. Buning uchun yigitlarga rahmat aytaman. "Olimpik" bilan o'yinga kuchli tayyorgarlik ko'ramiz. Hozirda ular bilan ochkolarimiz tenglashib oldi. Muxlislarni xursand qila olamiz.
Maydonda barcha yaxshi harakat qildi. Boz ustiga futbolchilarda charchoq alomatlari bor edi. Zaxiradan maydonga tushganlar o'yinni kuchaytirishdi. Davron Isoqov va Suhrob Nematov tez kirishib ketishdi",- deydi Mirislom Hasanov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar