Mirg'iyos Sulaymonov: "Kecha kuchli o'yinimizni ko'rsata olmadik"
19 fev 2014 07:27
Yangiliklar

Mirg'iyos Sulaymonov: "Kecha kuchli o'yinimizni ko'rsata olmadik"
Kecha Antaliya shahrida bo'lib o'tgan "Metallurg" - "Sibir" (1:0) uchrashuvidan so'ng kiritilgan yagona to'p muallifi Mirg'iyos Sulaymonov "CA" saytiga o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Kecha kuchli o'yinimizni ko'rsata oldik deya olmayman. Birinchi uchrashuv bo'lgani bois ozgina xatolarimiz ko'zga tashlandi. Bu xatolarni takrorlamaslik uchun ko'proq ishlashimiz kerak. Biz kechagidan ko'ra yaxshiroq o'yin ko'rsata olardik. Rossiya klubi birinchi liga jamoasi bo'lishiga qaramay kuchli raqib ekanligi ko'rindi. Butun uchrashuv haqida aytadigan bo'lsak asosan bizni nazorat ostimizda o'tdi. Kiritgan golim esa butun jamoamizni mehnati va jamoamiz O'zbekiston chempionatida ham munosib ishtirok etadi deb o'ylayman.
Yig'inlarimiz asosan ikki mahaldan olib borilayapdi va mehmonxonamizdan unchalik uzoqda emas. Taxminan 10 daqiqalik yo'l va shu erda olib bormoqdamiz. Jismoniy va texnik holatni yaxshilash bo'yicha mashg'ulotlar bo'lmoqda" , - deydi Mirg'iyos Sulaymonov

Fikrlar