Miranchuk Pashininni qo'llamoqda

19 avg 2016, 14:24
"Lokomotiv" yarim himoyachisi Aleksey Miranchuk "temiryo'lchilar"ga vaqtincha bosh murabbiy etib tayinlangan Oleg Pashininni qo'llab-quvvatlamoqda.


- Oleg Pashinin "Lokomotiv" bosh murabbiyligiga asosiy da'vogarlar qatorida ekanligi meni xursand qilmoqda. Shaxsan men Pashinin nomzodini qo'llab-quvvatlayman. Jamoadagi barcha Oleg Pashininni yaxshi biladi va taniydi.
Pashinin "Lokomotiv" uchun begona emas. Shuningdek, jamoaga Dmitriy Loskov ham qaytdi. Loskov "temiryo'lchilar" muxlislari va ko'plab futbolchilar uchun haqiqiy kumir dajarajasidagi futbolchi bo'lgan. Bu kabi fidoiylarni jamoaga qaytishi quvonarli holat. Pashinin va Loskov futbolchilarni ruhlantirish uchun kerakli so'zlarni topa olishadi. "Loko" buyog'iga oldinga olg'a intilmog'i lozim. Bizni endi faqat g'alaba qanoatlantiradi.

O'xshash yangiliklar


Manba: МАТЧ ТВ канали