Miranchuk jarohati sabab qancha muddatni o'tkazib yuborishi malum
05 sen 2020 19:25
Yangiliklar
Miranchuk jarohati sabab qancha muddatni o'tkazib yuborishi malum
Yaqinda “Atalanta” azosiga aylangan Aleksey Miranchuk mavsum startini o'tkazib yuboradi.
“Tuttosport” manbasiga ko'ra, rossiyalik forvardning mushaklari lat egan va shu sabab uning “Atalanta”dagi debyuti oktyabrga qoladigan bo'ldi.
Miranchuk jarohatini RPL 4-turi doirasida o'tgan “Lokomotiv” – “Spartak” (1:2) bahsida orttirib olgandi. O'shanda shifokorlar futbolchining son orqa qismidagi muskullari shikastlanganini aniqlashgan.
Bergamoliklar Italiya chempionati yangi mavsumidagi ilk uchrashuvini 26 sentyabr kuni “Torino”ga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar