So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  5 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  5 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

Mirabror Usmonov: "Kelishilgan o'yinlarning borligi haqida matbuot bekorga bong urmayapti" Yangiliklar

Mirabror Usmonov: "Kelishilgan o'yinlarning borligi haqida matbuot bekorga bong urmayapti"

O'tgan hafta O'zbekiston Futbol Federaciyasi Ijroiya qo'mitasi yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Bu haqda O'FF rasmiy tvitteri xabar berdi.

O'FF Ijroiya Qo'mitasi majlisida kun tartibiga qo'yilgan masalalar orasida kelishilgan o'yinlarga qarshi kurashishga alohida urg'u berildi. Unga ko'ra, Ijroiya qo'mitasi kelishilgan o'yinlarga qarshi ayovsiz kurashish orqali futbolda tozalash ishlari olib borilishi haqida Qaror qabul qildi. Qarorga ko'ra, kelishilgan o'yinlarda ishtirok etganlarni monitoring qilish bo'yicha O'zbekiston Professional Futbol Ligasida ishchi guruhi tuziladi.

Ijroiya Qo'mitasi majlisida kun tartibiga qo'yilgan masalalar haqida O'FF prezidenti Mirabror Usmonov quyidagilarni aytdi.

Biz qandaydir yutuqlarni qo'lga kirityapmizu, o'z qozonimizda qaynayotgan ayrim muammolarni esa, ko'rmayapmiz. Bugungi kunda kelishilgan o'yinlarning borligi haqida matbuot bekorga bong urmayapti. Buni o'ylashimiz kerak. OAVdagi chiqishlar va matbuotdagi maqolalarni ko'rib, bu masala yuzasidan qatiy chora-tadbirlar belgilanishini tavsiya qilaman, - deydi Usmonov.

Ijroiya Qo'mita azolari ko'rib chiqqan yana bir muhim masala terma jamoalar faoliyatiga dahldor bo'lib keng muhokamaga sabab bo'ldi. Mahalliychilik, tanish-bilishchilik va urug'-aymoqchilik holatlariga yo'l qo'yilmaslik masalasiga ham Mirabror Usmonov alohida to'xtaldi.

M. Usmonov: Futbolchilar ro'yxatini murabbiy tuzadi, tuzaversin, marhamat. Murabbiyning ishiga aralashmaymiz. Haqqimiz yo'q. Lekin, mana shu erda tanish-bilishchilik, mahalliychilik va urug'-aymoqchilik bo'lsa, biz bunga jim qarab turolmaymiz. Odillik bo'lsin. Hech kim kimningdir qarindoshi bo'lganligi sabab terma jamoaga kelishiga yo'l qo'ymaymiz.

O'zbekiston Futbol Federaciyasining Ijroqo'm azolari ushbu masalani ham bir ovozdan qo'llab-quvvatladi va Qaror qabul qildi.

Unga ko'ra, bu kabi illatlarni oldini olish va nazorat qilish uchun 1 fevralga qadar bir necha mutaxassislardan iborat guruh tuziladi.

SHuningdek, O'zbekiston milliy terma jamoalariga nomzod futbolchilarni jalb qilishning yangi tartibi ishlab chiqiladi. O'FF Ijroqo'mi yig'ilishida kun tartibidan o'ring olgan yana bir nechta masalalar yuzasidan Qarorlar qabul qilindi. Ular orasida FIFA va OFK reglamentiga to'la javob bera oladigan, zamonaviy va hashamatli futzal saroyini qurish bo'yicha ham qaror qabul qilindi.

SHuningdek, Bolalar-o'smirlar futbolini rivojlantirish maqsadida O'zbekiston Futbol Federaciyasida yangi boshqarma ham tashkil etiladi. Majlis yakunida, 1 fevralgacha bo'lgan muddat ichida yuqoridagi barcha strukturalar O'FF Kotibiyatiga ish rejalarini topshirishlari belgilab qo'yildi.

O'FF matbuot xizmati.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика