So’nggi yangiliklar

01:46Команнинг "Барселона"га ўтиши истисно этилмаган, аммо "блауграна"ни вингернинг жароҳатлари ва маоши хавотирга солмоқда  0 01:22"Ливерпуль" ван Дейкка янги шартнома таклиф қилмайди?!  0 00:58Александр Хомяков: "Бугунги ўйинда ҳеч нарса ўхшамади, нима бўлганини тушуна олмаяпман"  2 00:34Иван Бошкович: "Ишлашимиз лозим бўлган жиҳатлар бор"  1 00:21Григорий Колосовский: "Натижа адолатли бўлди"  0 00:04Илёс Зейтуллаев: "Бугунги уч очконинг қиймати олтинга тенг эди. Биз ҳафа қилган "болбой" йигитчага дастхатлар туширилган футболка совға қиламиз"  4 23:52Альварес Мадридга учиб келди ва эртага тиббий кўрикдан ўтади. Форвард "Сити"дан "Атлетико"га 75+20 млн евро эвазига ўтади  3 23:30Аброр Имомхўжаев "Пахтакор-79" авиаҳалокатини ёдга олди  0 23:11Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" илк турда ўз майдонида "Трабзонспор" билан дуранг ўйнади  2 23:03МЮ ва Бруну бир йилга узайтириш банди билан 2027 йилга қадар шартнома бўйича келишувга эришишди  2 22:31Педру Нету 60+3 млн евро эвазига "Вулверхэмптон"дан "Челси"га ўтди  0 22:15Суперлига. "Бунёдкор" - "Андижон" 2:0  4 21:59Суперлига. "Бунёдкор" мавсумдаги иккинчи ғалабасини "Андижон" билан ўйинда қайд этди  59 21:56Ўртоқлик ўйини. "Атлетико" "Ювентус"ни ишончли ҳисобда таслим этди, Феликс яна гол урди  3 21:09Суперлига. "Сўғдиёна" — "Металлург" 2:2  1

Mirabror Usmonov: Asosiy maqsad har tomonlama barkamol yoshlar safini kengaytirish Yangiliklar

Mirabror Usmonov: Asosiy maqsad har tomonlama barkamol yoshlar safini kengaytirish

MOQ hamda O'FF rahbari, senator Mirabror Usmonov boshchiligidagi bir guruh mutaxassislar Andijon hamda Farg'ona viloyatlarida bo'lib, bu erda sport sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Malumki, har ikki viloyatda ham bolalar, xotin-qizlar, ommaviy sportni rivojlantirish borasida keng ko'lamdagi ishlar amalga oshirilayotgan bo'lib, bu xududlarda kamolga etayotgan ko'plab iqtidorli sportchilar Vatanimiz sharafini xalqaro sport maydonlarida yanada ulug'lashga munosib hissa qo'shib kelishmoqda.

Bu borada Andijon viloyati xokimligida bo'lib o'tgan yig'ilishda ham atroflicha so'z yuritildi. Yig'ilishni viloyat xokimi SHuhrat Abdurahmonov kirish so'zi bilan ochar ekan, Davlatimiz rahbari tomonidan jismoniy tarbiya va sportga qaratilayotgan alohida etibor o'zbekistonlik sportchilarning dunyo sport arenalarida qo'lga kiritayotgan muvaffaqiyatlarining asosiy omili bo'layotganligini mamnuniyat bilan takidlab o'tdi va Andijon viloyati sportchilari bundan keyin ham xalqimiz, Prezidentimiz ishonchlarini oqlash uchun bor kuch va mahoratlarini safarbar qiladilar deya vada berdi.

SHundan so'ng, Madaniyat va sport ishlari vazirining birinchi o'rinbosari Murod Aliev, O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasining Andijon viloyati bo'yicha vakili Abdulla Ziaidov, viloyatda faoliyat olib borayotgan murabbiy va sportchilar so'zga chiqib, Andijonda zamonaviy sport saroylarini qad rostlashi natijasida iqtidorli yoshlar safini kengaytirish uchun barcha sharoitlar yaratilganligi, murabbiylar malakasi yanada oshirish borasida amalga oshirilayotgan say-xarakatlar xususida atroflicha malumot berdilar. So'zga chiqqanlar, viloyatda sport sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar bilan birga, mavjud muammolar, yo'l qo'yilayotgan xato va kamchiliklar haqida ham to'xtalib, ularni bartaraf etish choralari xususida o'z fikr va mulohazalarini bildirdilar. Xususan, viloyatda sog'lom turmush tarzini shakllantirish va kelajagimiz egalarini har tomonlama barkamol qilib voyaga etkazish uchun birinchi navbatda masul bo'lgan boshqarmalar, turli korxona va tashkilotlar bir yoqadan bosh chiqarib, hamjihat, hamfikr bo'lib faoliyat olib borsalar, o'z oldimizga qo'ygan maqsadlarga yanada tezroq erishish mumkinligini takidlab o'tdilar.

Yig'ilishda O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi raisi, Respublika futbol federaciyasi rahbari, senator Mirabror Usmonov ham so'zga chiqib, viloyatda ko'pgina sohalarda bo'lgani kabi sportni yanada taraqqiy ettirish, eng avvalo ertamiz egalarini har tomonlama sog'lom qilib voyaga etkazish borasida keng ko'lamdagi ishlar amalga oshirilayotganligini takidlab o'tdi.

“Muhtaram Prezidentimiz takidlaganlaridek, farzandlarimiz bizdanda ko'ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo'lishlari yo'lida barchamiz fidokorona mehnat qilishimiz zarur. Bugun yurtimizda yosh avlodning komil inson bo'lib voyaga etishi uchun barcha shart-sharoit mavjud. Ana shu imkoniyatlardan foydalanib, o'z istedod va salohiyatini namoyon etishga intilayotgan o'g'il-qizlarimiz Davlatimiz rahbari tomonidan har tomonlama qo'llab-quvvatlanayotgani o'zining yuksak natijalarini bermoqda. Ayniqsa, yurtboshimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan Bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasi, ananaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan uch bosqichli tizim - “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va Universiada sport o'yinlari yosh iqtidor sohiblarini kashf qilishda beqiyos ahamiyat kasb etmoqda. Islohotlar muvaffaqiyatini, jumladan, Andijon viloyati misolida ham ko'rish mumkin. Yildan-yilga go'zallashib, barchaning havasini keltirayotgan bu obod go'shada yirik ishlab chiqarish korxonalari, ijtimoiy infratuzilma obektlari, turarjoy binolari qatorida biri-biridan ajoyib sport majmualari, stadionlar, suzish havzalari va maydonchalari soni ham ko'payib borayotgani kishini quvontiradi. Zamon talablariga mos tarzda bunyod etilayotgan ana shu sport-sog'lomlashtirish maskanlarida minglab yoshlar shug'ullanayotgani amalga oshirilgan ezgu ishlarning yorqin ifodasidir. Joriy 2014 yilgi sport mavsumida ham andijonlik sportchilar qator nufuzli musobaqalarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, O'zbekiston yoshlari hech kimdan kam emasligi va kam bo'lmasligini amalda yana bir bora isbotladilar. Etiborlisi, Andijonda viloyat xokimi boshchiligida olijanob maqsadlarni hayotga tatbiq eta olishga qodir bo'lgan ahil jamoa shakllangan va umid qilamanki, o'z oldilariga doimo yuqori maqsadlarni qo'yadigan viloyat sportchilari bundan keyin ham zafarli odimlashda davom etadilar”.

Milliy olimpiya qo'mitasi rahbari yig'ilganlar etiborini viloyatda millionlar o'yini hisoblangan futbolni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlarga qaratdi.

“Andijonda futbolning ashaddiy muxlislari ko'p. Biroq, ming afsuski, bu yil oliy ligada to'p surgan “Andijon” futbol klubi muxlislar ishonchini oqlay olmadi. Vaholanki, klubning infrotuzilmasi, yaratilgan sharoitlar bilan sovrinli o'rinlar uchun raqobatlasha oladigan jamoani shakllantirish mumkin. Bugungi yig'ilishimizda “Andijon” futbol klubining yangi rahbari hamda bosh murabbiysi ham ishtirok etyapti. Sizlar Andijonga katta futbol nafasini qayta olib kirishingiz va muxlislar kutgan o'yinni namoyish eta oladigan har tomonlama mukammal jamoani shakllantirishingiz lozim. Kuni-kecha O'zbekiston PFL tomonidan 2015 yilgi mavsumda oliy ligada 16 jamoa to'p surishi to'g'risida qaror qabul qilindi. SHu tariqa, “Andijon” jamoasi ham kelasi yilgi mavsumni oliy ligada boshlashi malum bo'ldi, - dedi M.Usmonov.

Bu hushxabar klub rahbariyati, yig'ilish qatnashchilarini yanada ruxlantirdi va jamoa bosh murabbiyi Edgar Gess 2015 yilgi mavsumda har tomonlama raqobatbardosh jamoani shakllantirishga va muxlislar ishonchini oqlashga vada berdi.

Mirabror Usmonov boshchiligidagi delegaciya azolari Andijon viloyatiga uyushtirilgan safar davomida Bo'ston dahasida joylashgan “Andijon” klubi futbol maktabiga tashrif buyurishdi. Bu erda O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi rahbari futbol maktabi direktori Muhammadqosim To'xtasinov bilan suhbatlashib, maktabda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

MOQ rahbari, shuningdek, Andijon shahri markazida barpo etilayotgan qilichbozlik markazida ham bo'lib, bu erda olib borilayotgan qurilish ishlarini ko'zdan kechirdi.

“Andijon viloyati hamisha o'zining nomdor qilichbozlariga ega bo'lgan va shu bois ham qilichbozlik maktabini aynan Andijon shahrida barpo etishga qaror qilindi. Ushbu sport inshoati xalqaro talablar asosida qurilib, eng so'nggi sport anjomlari bilan jihozlanadi. Umid qilamanki, yaqin kelajakda ushbu qilichbozlik markazidan xalqaro maydonlarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilishga qodir bo'lgan ko'plab iqtidorli yoshlar kamolga etadi, - dedi M.Usmonov.

Kunning ikkinchi yarmida Mirabror Usmonov boshchiligidagi delegaciya azolari Farg'ona viloyatida bo'lib, yangi qurib foydalanishga topshirilgan sport obektlari hamda Farg'ona viloyat olimpiya zaxiralari kollejida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdilar.

Jumladan, Farg'ona shahrida barpo etilgan “Istiqlol” stadioniga tashrif buyurgan M.Usmonov bu erda olib borilayotgan so'nggi pardozlash ishlari bilan qiziqdi. SHu o'rinda takidlash kerakki, maydonning holati, futbolchilar va muxlislar uchun yaratilgan sharoitlar delegaciya vakillari tomonidan ijobiy baholandi.

“Stadionga kirish qismidagi binoni Muhtaram Prezidentimizning O'zbekistonda futbolni rivojlantrishga doir qabul qilgan farmon va qarorlari, shuningdek, Farg'ona viloyati futbolining tarixi, “Neftchi” klubining yutuqlari aks ettirilgan fotosuratlar, kubok va turli eksponatlar bilan boyitish lozim. Toki stadionga kelgan mehmonlar O'zbekiston futboli haqida malum bir tasavvurga ega bo'lishsin, -dedi M.Usmonov.

SHundan so'ng O'zbekiston MOQ va FF rahbari yaqin kelajakda ushbu stadionda xalqaro uchrashuvlardan birini o'tkazish rejalashtirilayotganligini va bu anana kelgusida ham terma jamoalarimiz hamda mahalliy futbol klublari tomonidan bardavom bo'lishligiga ishonch bildirdi.

Farg'ona olimpiya zaxiralari kollejiga tashrif buyurgan delegaciya bu erda bo'lajak sport yulduzlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.

Bugungi kunda ushbu kollejda 600 nafar o'quvchi yoshlar taxsil olayotgan bo'lib, bu erda zamonaviy sport maydonlari, barcha sport anjomlariga ega zallar o'quvchilar ixtiyorida. Kollejda, shuningdek, to'rt qavatdan iborat 200 o'rinli o'quvchilar turar-joyi, bir qavatli ovqatlanish binosi mavjud. Kollejda sportning 19 turi (17 tasi Olimpiya sport turlari) bo'yicha yoshlar o'z mahoratlarini toblab borishmoqda. Ularga esa jami 64 nafar o'qituvchi-murabbiylar o'z bilim va tajribalarini o'rgatmoqdalar.

SHundan so'ng, viloyat sport faollari, federaciyalar rahbarlari, sportchi va murabbiylar ishtirokida yig'ilish o'tkazildi. Yig'ilishni Farg'ona viloyati xokimi SHuhrat G'aniev kirish so'zi bilan ochar ekan, viloyatda Davlatimiz rahbarining 2013 yil 25-fevraldagi “O'zbekiston sportchilarini 2016 yil Rio-de-Janeyro shahri (Braziliya)da o'tkaziladigan XXXI yozgi Olimpiya va XV Paralimpiya o'yinlariga munosib tayyorlash to'g'risida”gi qarorining ijrosi yuzasida belgilangan vazifalar bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgani, mahoratli sportchilarning munosib avlodlarini voyaga etkazish, sportga mexr qo'ygan yoshlar safini kengaytirish, ularga zarur shart-sharoitlarni yaratish borasida olib borilayotgan ishlar haqida atroflicha malumot berdi.

SHundan so'ng, viloyatda kamolga etayotgan iqtidorli sportchilar va mutaxassislar so'zga chiqib, viloyatda barpo etilayotgan biri-biridan ko'rkam va shinam, barcha sport anjomlariga ega sport obektlari, ushbu sport saroylarida malakali mutaxassislarni faoliyat ko'rsatayotgani sportning ommaviylik darajasini yil sayin yuksalib borishiga xizmat qilayotganligini mamnuniyat bilan takidlab, bunday etibor va g'amxo'rlik uchun Davlatimiz rahbariga o'z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

“Prezidentimizning: “Biz dunyoda hech kimdan kam emasmiz”, degan so'zlari biz, yoshlarga hamisha ko'tarinki ruh, qo'shimcha kuch va o'zimizga qatiy ishonch bag'ishlaydi, - deydi boks bo'yicha joriy yil Xitoyning Nankin shahrida o'tkazilgan o'smirlar Olimpiada o'yinlari g'olibi, Jahon va Osiyo chempioni Bektemir Meliqo'ziev. SHu tufayli ham yuksak marralarni maqsad qilib, birma-bir yutuqlarga erishayapmiz. 2014 yil men uchun muvaffaqiyatlarga boy bo'ldi. Namangan shahrida o'tkazilgan “Barkamol avlod” o'yinlarida birinchi o'rinni egalladim. SHu bilan birga o'smirlar olimpiadasida, jahon va Osiyo chempionatlarida barcha raqiblarimdan ustun kelib, shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarildim. Bugungi kunda menga tengdoshlarim, mahalladoshlarim, vatandoshlarim havas qo'zi bilan boqayotganliklarini, mening kelajagimga katta ishonch bildirayotganliklarini doimo qalbdan his etaman. Har safar shohsupaga ko'tarilganimda vujudimda kechgan holatni ikki og'iz so'z bilan tariflashga ojizman. Ayniqsa, o'smirlar Olimpiasida shu qadar qattiq hayajonlangan edimki, xursandligimdan ko'zimga quvonch yoshlari kelgandi. Prezidentimiz ana shu g'alabamizni etirof etib, ahamiyatini yuqori baholaganliklari qalbimizga cheksiz g'urur va iftixor bag'ishladi. Men o'zining boy o'tmishi va buyuk kelajagiga ega bo'lgan yurtda to'g'ilib, voyaga etayotganligimdan hamisha faxrlanaman va bundan keyin ham ozod va obod yurtda kamolga etayotgan yoshlar nimalarga qodirligini dunyo sport arenalarida isbotlashga vada beraman".

SHundan so'ng so'zga Mirabror Usmonov chiqib, mamlakatimizda sportni rivojlantirishning o'ziga xos noyob tizimi yaratilgani, buni o'z navbatida xorijlik mutaxassislar ham ko'p bor havas bilan etirof etayotganliklarini takidlab, O'zbekiston sportining ravnaqida Farg'ona viloyati vakillarining ham o'rni yuqori ekanligini, birgina Istiqlol yillari bu zamindan ko'plab nomdor sportchilar voyaga etganliklarini takidlab o'tdi.

“Farg'ona deganda, avvalambor, O'zbekistonimizning gavhari bo'lgan go'zal diyor ko'z o'ngimizda gavdalanadi, - dedi M.Usmonov. Bu erning so'lim va betakror tabiati, mo'tadil iqlimi, kishi havasini tortadigan bog'-rog'lar, keng va ravon ko'chalar, ko'hna tarixga ega bo'lgan Farg'ona viloyati haqida, bu erda bo'layotgan barqaror o'sish suratlari haqida soatlab gapirish mumkin. Quvonarlisi, viloyatda qo'plab sohalar kabi sport sohasida ham talaygina ibratli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu sportga oshno bo'layotgan yoshlar safini kengayshi, qurib foydalanishga topshirilayotgan zamonaviy sport saroylari, viloyat sportchilari tomonidan xalqaro maydonlarda qo'lga kiritilayotgan muvaffaqiyatlarda ham ko'rish mumkin. Malumki, sportni rivojlantirish uchun katta mablag' talab etiladi. Bu borada Davlatimiz va Xukumatimiz rahbariyati tomonidan barcha choralar ishlab chiqilgan bo'lib, birgina 2014 yilda mamlakatimizda sport sohasining taraqqiy ettirish uchun 500 milliondan ziyod AQSH dollari miqdorida mablag'lar sarflandi. Bugungi kunda xalqaro sport maydonlarida yuksak natijalarni ko'rsatayotgan sportchilarimizga turli darajadagi mukofotlar bilan birga O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi qoshida tashkil etilgan Olimpiyachilarning qo'llab-quvvatlash jamoat Fondi tomonidan rahbatlantiruvchi stipendiyalar oyma-oy berib borilmoqda. Bundan tashqari Xalqaro olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi hamda Respublika sport federaciyalari bilan hamkorlikda Olimpiya birdamligi dasturi asosida murabbiylar uchun xalqaro o'quv-amaliy seminarlar tashkil etilmoqda. Asosiy maqsad, Prezidentimiz takidlaganlaridek jamiyatda sog'lom turmush tarzini shakllantirish orqali sportning ommaviyligini yuksaltirish. Qachongi ommaviylik darajasi ortsa, raqobat muhiti ortadi, raqobat bor joyda esa muvaffaqiyatlar salmog'i ham yuqoriga qarab bo'y cho'zaveradi. Har gal iqtidorli yigit-qizlarimizning eng nufuzli xalqaro sport musobaqalarida biri-biridan ajoyib yutuqlari, g'alabalari sharafiga madhiyamiz yangrab, bayrog'imiz baland ko'tarilganda, barchamiz to'lqinlanib, hayajonli onlarni boshimizdan kechiramiz. Bunday quvonchli lahzalarning ahamiyatini, ochig'i, hech narsa bilan qiyoslab bo'lmaydi. Vatanimiz shon-shuhratini dunyoga yoyishga xizmat qilayotgan ushbu muvaffaqiyatlar Prezidentimiz rahnamoligida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qaratilayotgan yuksak etiborning amaliy samaralaridir”.

SHundan so'ng, M.Usmonov viloyatda futbolni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so'z yuritib, “Qo'qon-2012” klubini oliy ligasiga chiqqanligi va endilikda viloyatning ikki jamoasi mamlakat chempionatida ishtirok etishini takidladi.

“Viloyatda millionlar o'yinini rivojlantirishga katta hissa qo'shayotgan viloyat xokimi SHuhrat G'anievga O'zbekiston futbol federaciyasi nomidan minnatdorchilik bildiraman va yurtimiz futbolining haqiqiy jonkuyarlaridan biri bo'lgan Farg'ona viloyati xokimi SH.G'anievga “O'FF belgisi” nishonini topshirishga ruxsat bergaysizlar, - deya O'FF rahbari tantanali suratda mukofotni topshirdi.

O'z navbatida viloyat hokimi ushbu mukofot butun Farg'ona ahliga berilganligini va bundan keyin ham viloyatda barcha sport turlari qatori futbolni rivojlantirishga alohida etibor qaratishini takidladi.

SHundan so'ng, “Neftchi” klubi raisi Tohir Kopadze so'zga chiqib, jamoa kelasi mavsumda yanada mazmunli va xujumkor o'yinlari bilan o'z muxlislarni hushnud etish uchun bor imkoniyatlarni ishga solishiga ishonch bildirdi.

SHu tariqa, O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi raisi, Respublika futbol federaciyasi rahbari, senator Mirabror Usmonov boshchiligidagi bir guruh sport mutasaddilarining Andijon va Farg'ona viloyatlariga qilgan safarlari nihoyasiga etdi. Umid qilamizki, o'z oldiga doimo yuqori maqsadlarni qo'yadigan vodiy sportchilari bo'lajak yirik sport musobaqalarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilishda davom etaveradilar va 2016 yili Rio-de-Janeyro shahri (Braziliya)da o'tkaziladigan XXXI yozgi Olimpiada o'yinlarida ishtirok etadigan delegaciya tarkibida Andijon va Farg'ona viloyati sportchilari ham ko'pchilikni tashkil etadi. Bu yo'lda ularga omad va zafarlar tilab qolamiz.


Muallif: SHavkat Jalilov
Foto: Hasan Pirmuhamedov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика