Miodrag Radulovich: "O'zbekiston Livanga qarshi o'yin borasida aloqaga chiqdi"
02 iyu 2015 12:44
Yangiliklar


Miodrag Radulovich: "O'zbekiston Livanga qarshi o'yin borasida aloqaga chiqdi"
Joriy yil Livan terma jamoasini qabul qilib olgan chernogoriyalik mutaxassis Miodrag Radulovich bir necha kun avval saytimizla chiqqan xabarga oydinlik kiritib o'tdi.
"Haqiqatdan ham O'zbekiston milliy terma jamoasiga Samvel Babayan bosh murabiy etib tayinlanganidan so'ng ular biz bilan Toshkentda o'yin o'tkazish borasida taklif bilan chiqdilar. Hozircha imkoniyatlar 50/50, qisqa fursat ichida o'yin tashkil qilish qiyinroq. Lekin bugun bo'lmasa ertaga terma jamoangiz bilan o'ynaymiz. O'zbekistondan menda yorqin xotiralar qolgan. Sobiq hamkasblarim terma jamoada ish boshlaganidan xursandman va men ularga omad tilayman", - deydi Radulovich championat.asia saytiga.

Fikrlar