Miodrag Radulovich - Livan bosh murabbiyi
01 may 2015 16:33
Yangiliklar


Miodrag Radulovich - Livan bosh murabbiyi
CHernogoriyalik murabbiy Miodrag Radulovich Livan terma jamoasi bosh murabbiyiga aylandi.
O'z vaqtida "Paxtakor" klubida faoliyat olib borgan murabbiy Livan termasiga JCH-2018 saralash bosqichida ustozlik qiladi.
Radulovchining bundan oldingi ish joyi Quvaytning "Al Jahra" klubi bo'lgandi.
Livan terma jamoasi JCH-2018 saralashi ikkinchi bosqichida Janubiy Koreya, Quvayt, Myanma va Laos kabi jamoalarga qarshi kurash olib boradi.

Fikrlar