Mino Rayola: “O'yinchilar narxini transfer bozori belgilaydi”
01 iyu 2016 22:55
Yangiliklar
Mino Rayola: “O'yinchilar narxini transfer bozori belgilaydi”
Pogbadan tashqari Zlatan Ibragimovich, Mario Balotelli, Romelu Lukaku, Genrix Mxitaryan, Janluiji Donnarumma kabi futbolchilar uning mijozlari qatoriga kiradi.
- Hozir mijozlaringiz haqida turli gaplar yuribdi.
- Hozir mening va boshqalarning o'yinchilari to'g'risida gapiriladigan davr. Lekin bu futbol shousi emas. Qiziq intrigalar, sarguzashtlar. Etiborimni futbolga qaratganman.
- Konte, Gvardiola va Mourinoning byudjeti katta klublarga tayinlangani transferlar bozori haqida hozirdan o'ylashga sabab beradimi?
- UEFA milliy musobaqalarga katta zarar etkazmoqda. CHempionlar ligasini yo'qotmaslik uchun amerikalik investorlar bilan kurashib, klublarga katta pul bermoqda. Ular kundan-kunga boyib boryapti. Bugun ichki ligani yutish muhim, chunki CHempionlar ligasi juda muhim. Gvardiola kabi murabbiylar futbolchilarni tarbiyalashga qiziqmaydi.
- Yozning asosiy yulduzi Pol Pogba bo'ladi.
- Ikki yildan beri shunday va bu oldinda ham davom etadi. Bunga ko'nikdik. Umid qilamizki, Pogba keyingi 10 yilda yulduz bo'ladi. O'tgan yili “Yuventus” 4 klub bilan uning transferi borasida rozilik bergandi, ammo Polning o'zi qolishni xohladi. U puldan muhimroq narsalar borligini tushunadi. U o'ziga qalban maqul tushgan loyihani va o'ziga ishongan jamoani tanlaydi.
- Keyingi mavsum uni qaerda ko'ryapsiz?
- “Yuve”da qolish Pogba uchun muammo bo'lmaydi. U Turinda baxtli, klub esa uni tarkibida ko'rishdan xursand. 2-3 jamoa bilan muzokara olib boryapmiz va loyihalar unda qiziqish uyg'otmoqda. Ammo u hozir etiborini Evropa chempionatiga qaratgan.
- O'sha jamoalardan biri “Real”mi?
- Bu sir emas. Har yozda “Real”, MYU, “CHelsi”, “Barselona”, “Liverpul” va “Manchester Siti” bilan muzokaraga kirishaman. Oxirgi ikki yilda “Real” bilan ajoyib hamkorlik yuzaga keldi. Avval bunday emasdi. Hozir bu jiddiy, ijobiy dialog. Ular xarakterimni bilishadi. Men o'z navbatida “Real”ning talablarini tushunaman.
- “Real”ga Pogba kerakmi?
- Qaror hozircha qabul qilinmagan. Zidan va klubning xohishi muhim. Hozir biz boshlang'ich jarayondamiz. Buni transfer muzokarasi deb aytish qiyin. Ikki tomon istagini muhokama qiladi. Yakunda kelishuv yoki aksincha bo'lishini kuzatamiz.
- Yana qaysi klublar Pogba bilan qiziqishmoqda?
- SHayxlar. Barchasi. Pol turadigan pulni to'lashga tayyor klublar bor. U ajoyib iqtidorli, bundaylar bozorda boshqa yo'q.
- U qancha turadi?
- Bozor qancha taklif qilsa, shuncha. O'yinchilar narxini men belgilamayman, transfer bozori belgilab beradi. Agar siz “Real”, “Siti”, “Yunayted”, “CHelsi” yoki PSJ bo'lsangiz, unda boshqacha narx. “Rayo Valekano”ga esa umuman boshqa. Pullar eng muhim narsa emas. Katta pul sarflash mumkin, lekin futbolchi loyihaga mos kelmasa, ular shamolga sovurgandek bo'ladi. Masalaning moliyaviy tarafini o'ylash kerak emas, bu ruhiyatga tasir qiladi.
- “Yuventus” bu holatga qanday qaraydi?
- Ular sotishni istashmayapti. Bu juda tartibli klub, hamisha shunday bo'lib kelgan. SHartnomani qayta tuzganimizda Pogbaga maqul keladigan loyihali jamoadan taklif bo'lgan taqdirda “Yuventus” muzokaraga kirishishga majbur bo'lishini belgilab olganmiz.
- Jahon futboli tarixidagi eng qimmat transferni amalga oshirishingiz mumkin.
- “Yuve” rozi bo'lganda o'tgan yiliyoq bu amalga oshardi. Eng qimmat futbolchi bo'lish Polning maqsadi, mening emas. U yanada kuchayib, sovrinlar yutadigan jamoaga o'tishni xohlaydi.
- Uning kelajagi bo'yicha qarorni kim qabul qiladi?
- Pogbaning o'zi. Bu mantiqan ham to'g'ri.
- Mino Rayola bu masalada ustunlikka egami? Siz uning “Yuventus”ga o'tishini taminlagansiz.
- “Yuventus”Polni xohlagan. Men bu jamoa eng qiyin variantlardan biri ekanini takidlaganman. Italiyada yoshlarni o'ynatishmaydi. Lekin Pogba sinovlarni yoqtiradi. Men unga maslahatchiman va fikrlarim bilan o'rtoqlashaman.
- Siz uning sotilishidan pul olasizmi?
- Biznesimning bu tarafi xususida hech qachon gapirmayman. Men uchun futbol muhimroq. Pogbaning baxtli bo'lishi va to'g'ri qarorga kelishini istayman.
- Zidanning ishtiroki “Real”ga transferni amalga oshirishda ustunlik beradimi?
- O'yinchining vakili sifatida barchasini tahlil qilishim kerak. Zidan “Real”da bugun ishlab, ertaga yo'q bo'lishi mumkin. Blan va Gvardiola bilan shunday bo'lgan. SHu sababli murabbiy emas, loyiha muhim. Klub futbolchiga muhtoj bo'lishi va unga ishonishi katta ahamiyatga ega.
- Uning maqsadi qanday?
- “Oltin to'p”ni yutishni va o'z poziciyasida jahonda eng yaxshisi bo'lishni orzu qiladi. “Yuve” uni 10-raqamli futbolchi o'rnida ko'rdi, biroq Italiyada himoyaviy o'yinga etibor qaratiladi. U turli poziciyalarda yaxshi o'ynay oldi. Pol bir o'yinda o'rtacha 12-13 kilometr yuguradi. Hamma ham uningdek harakat qilolmaydi.
- Gvardiola va “Siti” yozda xaridlar qilishga urinadi, “Yunayted” esa Zlatanni Pepga bo'lgan munosabati tufayli o'ziga og'dirib olmoqchi.
- Zlatan – juda sovuqqon inson, garchi odamlar boshqacha o'ylasa ham. Barcha Gvardiolani yoqtiravermaydi. Men unchalik yoqtirmayman. Zlatan uning buyuk murabbiy ekanini tan oladi. Xosep bilan bog'liq vaziyatda u o'ziga xulosa chiqargan.
- Rayolaning navbatdagi yulduzi kim bo'ladi?
- Aytish qiyin, lekin ko'p klublar “Milan” posboni Janluiji Donnarumma haqida so'ramoqda. Gollandiyada 2-3 nafar ajoyib o'yinchilar, “Yuventus”ning yosh futbolchisi bor. Ajoyib futbolchilar hamisha topiladi.
Behzod Nazarov tayyorladi.
Fikrlar