So’nggi yangiliklar

12:43"Навбаҳор" африкалик ҳужумчини жалб этмоқда  0 12:20Расман: "Машъал" ганалик футболчини таркибга қўшиб олди  0 11:51Интервью. Санжар Шоаҳмедов: "Металлург"нинг юқори мақсадлари бу клубга келишимда ҳал қилувчи омил бўлди"  0 11:24Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК мусобақаларида ишлайди  1 10:48Осимхен фаолиятини Европанинг ТОП жамоасида давом эттириши мумкин  1 10:20Салоҳ Саудия чемпионатига ўтишга рози  3 09:15Камолиддин Тожиев: "Бу биз учун оғриқли мавзу"  3 08:46"Нефтчи" "Насаф"нинг яна бир футболчисига қизиқиш билдирмоқда  8 08:18Кечаги учрашувда "Арсенал"нинг икки нафар футболчиси жароҳат олди  0 07:50Элит ОЧЛ. Бугун "Насаф" гуруҳдаги сўнгги учрашувида майдонга тушади  5 07:23Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 02:40А Серия. "Наполи" ва "Рома" ўртасидаги ўйинда жанговар дуранг қайд этилди  4 01:34Элдор Шомуродов: "Иккинчи марта яхши ўйин кўрсатган учрашувда ютқаздик"  5 01:25Туркия Суперлигаси. "Башакшеҳир" — "Бешиктош" 2:3  2 00:55Эден Азар: "Ла Лига АПЛдан кўра техникага бой. "Реал"да ўйинни бошқариш мумкин, аммо Премьер-лигада тўлиқ 90 дақиқа ишлаш керак"  0

Minbarda "Buxoro" PFK matbuot kotibi: Aziz Salixov Yangiliklar

Minbarda "Buxoro" PFK matbuot kotibi: Aziz Salixov

Saytimizda klub matbuot xizmati vakillari bilan suhbat uyushtiramiz va ularning ish faoliyatlari bilan tanishamiz.


Aziz Salixov, “Buxoro” klubi matubot xizmati xodimi:


1. Bu klubga kelishingiz qanday yuz bergan va qachondan beri ishlayapsiz?

- 2011 yil yanvardan ishlashni boshlaganman. 2008 yildan beri muxlislar saytini (pfkbuxoro.com ) tekinga ochib olgandim va shu saytni yuritib kelardim. Xozirgi rahbar, Alisher Rustamov o'sha paytlar ham rahbar edilar va meni chaqirib klub tasarufida ishlashni taklif etganlar.

2. Matbuot xizmati bo'limida necha kishi faoliyat yuritadi?

- Ikki kishi (aslida faqat men) Baxtiyor Asadov va men. Asadov stadion suhandoni vazifasini bajaradi (adashmayotgan bo'lsam agar).

3. Klub tomonidan qancha maosh to'lanadi? Yaratilgan sharoit sizni qoniqtiradimi?

- Barcha kerakli jihozlar (kompyuter, internet va barcha kerakli narsalar) shaxsiy o'zimniki. Lekin boriga shukur qilgan holda, nolimayman.

4. Klub faoliyati ijtimoiy tarmoqlarda (Facebook, Instagram, Twitter) qay darajada yoritib boriladi?

- Klubning “Odnoklassniki” tarmog'ida rasmiy guruhi bor va Twitter tarmog'ida ham klubning rasmiy sahifasi bor. Muntazam ravishda yangilanadi. Rasmiy sayt bilan bir xil tarzda faoliyat olib bormoqda.

5.Safar o'yinlariga borish siz uchun muammo tug'dirmaydimi?

- Yo'q (hozircha faqat bir marta safarga chiqqanman).

6. Klub ekipirovkasini olasizmi?

- Hali olganim yo'q.

7. Mukofot puli olasizmi?

- Hozircha yo'q

8. Jamoa bilan horij yig'inida ishtirok etasizmi?

- Bugungi kunga kelib hali biror marotaba horij yig'inida ishtirok etmaganman. Kelasi yig'inda ishtirok etishni juda xohlar edim.

9. Jamoa avtobusida massajchi, mamur va klub shifokorlari kabi o'z o'rningiz bormi yoki qaysi o'rindiq bo'sh bo'lsa o'sha erga o'tirasizmi?

- O'z o'rnim bor.

10.  Stadionda OAV vakillari uchun yaxshi servis yo'lga qo'yilganmi? Simsiz internet, yani wi-fi, media-tribuna va boshqa sharoitlar?

- Hamma sharoit bor.

11. Qaysi klub matbuot xizmatiga havas bilan qaraysiz va nega?

- “Bunyodkor” matbuot xizmatiga. Ancha professional tarzda sharoitlar yaratilgan.



P.S.

Ushbu loyiha matbuot kotiblarini klub rahbariyati oldidagi mavqeini oshirish maqsadida qilindi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика