Minamino bugun Liverpulda tibbiy ko'rikdan o'tadi
18 dek 2019 14:31
Yangiliklar
Minamino bugun Liverpulda tibbiy ko'rikdan o'tadi
"RB Zalcburg" yarim himoyachisi Takumi Minamino yanvarda "Liverpul" futbolchisiga aylanadi.
Minamino bugun ingliz klubi uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi.
Yaponiyalik vinger 1 yanvarda qishki transferlar oynasi ochilganidan so'ng klub safiga qo'shiladi. Transfer narxi o'yinchining shartnomasida ko'rsatilganidek 7,25 million funtni tashkil etadi.
Minamino Zalcburgga 2015 yilning yanvarida "Sereso Osaka" safidan o'tgan edi. 24 yoshli o'yinchi joriy mavsum klub safida 22ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 11ta assistga erishgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
Fikrlar