Milosh Krasich: Rossiyaga qaytish uchun maoshimni kamaytirishlariga ham roziman
16 jan 2015 01:33
Yangiliklar


Milosh Krasich: Rossiyaga qaytish uchun maoshimni kamaytirishlariga ham roziman
Fenerbaxche yarim himoyachisi Milosh Krasich Rossiya chempionatiga qaytishni istayotganligini bildirdi.
Agarda Rossiya klublaridan biri menga taklif bilan chisa ikkilanmay rozilik bildirardim. Ushbu mamlakat futboli menga juda ko'p narsa bergan. Men qaysidir jamoa haqida gapirmayapman. To'g'ri, meni yoshim 30dan oshdi va ko'p vaqt mobaynida o'yin amaliyotisiz qolib ketdim. Lekin bir necha hafta ichida o'zimni jismoniy holatimni joyiga keltirishim mumkin. Futbol o'ynashni unutib yuborganim yo'q. Rossiyaga qaytish uchun maoshimni kamaytirishlariga ham roziman. Men hozir agentim bilan "Fenerbaxche" bilan shartnomani bekor qilish ustida ish olib bormoqdamiz. Mavsum so'nggiga qadar boshqa jamoaga ijaraga berib yuborishlariga ishonmayman. Hammasi keyingi haftada hal bo'ladi.

Fikrlar