Milner "Liverpul"ga nima etishmayotganini aytdi
31 mar 2019 10:44
Yangiliklar


Milner "Liverpul"ga nima etishmayotganini aytdi
"Liverpul" yarim himoyachisi Jeyms Milner jamoaning so'nggi yillardagi o'yinini baholadi.
"Yildan yilga kuchayib borayotganimizni sezyapmiz. Bizga faqatgina sovrinlar etishmayapti. Bu biz uchun oldinga tashlangan qadam bo'lardi. Istalgan top-klubni mag'lub eta olishimizni tushunib turibmiz. O'tgan mavsumda ham bizga barqarorlik etishmagandi. Bazida oddiy o'yinlarda mag'lub bo'lardik, bazida top-jamoalarni osonlik bilan yutardik.
Terma jamoadan keyin klub tarkibida o'ynash biroz qiyinroq. Ammo oldimizda "Tottenxem"mi yoki boshqa jamoa bo'lsa ham farqi yo'q, bizga uch ochko kerak va buni qo'lga kiritishga qattiq harakat qilamiz", - dedi Milner.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar