Milner: "Hayotimda birinchi marta "Manchester Yunayted"ga muxlislik qilaman"
23 apr 2019 10:24
Yangiliklar


Milner: "Hayotimda birinchi marta "Manchester Yunayted"ga muxlislik qilaman"
"Liverpul" yarim himoyachisi Jeyms Milner Manchester derbisida "Yunayted"ga muxlislik qilishini aytdi.
Xosep Gvardiola jamoasi APL chempionligi uchun kurashda "qizillar"ning asosiy raqibi bo'lib turibdi.
"Hayotimda birinchi marta "Manchester Yunayted"ga muxlislik qilaman. To'g'risini aytsam, bu o'yinni tomosha qilmayman. Bu kuchni bekorga ketkazish bo'ladi. Telefonimni bir necha soatga o'chirib qo'ysam kerak, balki do'konga chiqib kelarman" - deydi Milner.
Eslatib o'tamiz, Jeyms Milner faoliyati davomida "Manchester Siti" sharafini himoya qilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar