So’nggi yangiliklar

07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  2 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  3 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  5 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  16 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0

Milliy terma jamoa o'yini sabab Superliga 12-turida o'zgarish yuzaga keldi Yangiliklar

Milliy terma jamoa o'yini sabab Superliga 12-turida o'zgarish yuzaga keldi

O'zbekiston milliy terma jamoasining 19 may kuni bo'lib o'tadigan Eronga qarshi o'yini sabab Superliga taqvimida o'zgarish yuzaga keldi.

Eron va O'zbekiston termalarining Tehronda o'tishi kerak bo'lgan xalqaro o'rtoqlik uchrashuvlari 17 may sanasiga kelishilgan bo'lib, PFL Superliga taqvimini shunga qarab moslashtirgandi. Biroq keyinchalik forslar 19 may sanasi bo'yicha kelishuv taklif qildi. SHu tariqa o'rtoqlik o'yinining o'tishi so'roq ostida qoldi. Ammo yaqinlashib kelayotgan Osiyo O'yinlari sabab terma jamoa murabbiylar shtabi Eronga qarshi uchrashuvni kerakli deb hisobladi.

SHundan so'ng O'FA hamda PFL masala echimini terma jamoaga nisbatan ko'proq futbolchilar berayotgan klublar bosh murabbiylari hukmiga qoldirdi. Agar ular Eronga qarshi uchrashuv hech narsa bermasligi borasida qaror chiqarsa, Tehrondagi o'yin bekor bo'lishi kerak edi. “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Nasaf”, “Navbahor” murabbiylari ishtirok etgan yig'ilishda JCH chiptasini qo'lga kiritgan termaga qarshi o'yin foydali bo'lishi takidlandi. Kelishuv o'z kuchida qolishi uchun murabbiylar taklif berdi — Superliganing 12-tur bellashuvlari boshqa sanaga ko'chirilishi kerak edi.

SHundan kelib chiqib, PFL 12-tur vaqtlariga o'zgartirish kiritdi. Eronga qarshi xalqaro o'rtoqlik o'yini esa o'z kuchini saqlab qoldi.

12-tur bellashuvlari 20 may kuni start olib, 22 may kuni yakuniga etishi kerak edi. Endilikda “Nasaf” hamda “Neftchi” klublari o'rtasidagi bellashuv 14 may — dushanba kuniga ko'chdi. AGMK — “Bunyodkor”, “Navbahor” — Metallurg”, “So'g'diyona” — “Paxtakor” uchrashuvlari esa 15 may sanasiga tayin qilindi. Osiyo CHempionlar Ligasida ishtirok etayotgan O'zbekiston klublarining xalqaro maydondan chetda qolgani aynan shu kunlarda bo'shliq hosil qilayotgandi.

Milliy terma jamoa Eronga 17 may kuni yo'l oladi hamda 20 may sanasida qaytib keladi. Terma jamoa lageriga nisbatan kamroq futbolchisini jo'natayotgan “Qo'qon-1912” hamda “Lokomotiv” klublari ishtirokidagi 2 ta o'yin 22 may — seshanba kuni bo'lib o'tadi.

Superliga
12-tur
14 may, dushanba

“Nasaf” — “Neftchi”

15 may, seshanba
AGMK — “Bunyodkor”
“Navbahor” — “Metallurg”
“So'g'diyona” — “Paxtakor”

22 may, seshanba
“Qo'qon-1912” — Buxoro
“Lokomotiv” — “Qizilqum”  

Keyinroq o'yinlar vaqti Ramazon taqvimidan kelib chiqib belgilanadi.

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика