"Milliy" stadioni endi yo'q. "Bunyodkor" nomi qaytarildi
01 may 2021 13:46
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/634851_original.jpg)
![](/upload/storage/634851_220.jpg)
"Milliy" stadioni endi yo'q. "Bunyodkor" nomi qaytarildi
SHu kungacha yurtimizdagi muhtasham "Bunyodkor" stadioni xalq orasida o'z nomi bilan aytib kelingan.
Biroq 2018 yilning iyun oyidan boshlab stadion peshtaxtasida "Bunyodkor" nomi o'rnida "Milliy" nomi paydo bo'ldi. Ushbu holatga mutasaddilar o'shanda milliy va olimpiya terma jamoamizning uy o'yinlarini mazkur arenada o'tkazishi bois shunday nomlanganini aytishgandi. Biroq garchi stadion "Milliy" deb aytilganiga qaramasdan rasmiy hujjatlarda "Bunyodkor" deya yuritilgan. Xalqaro o'yinlarda, bayonnomalarda "Milliy" nomi ishlatilinmagan. Kuni kecha o'yingoh peshtahtasidagi "Milliy" nomi olib tashlandi. Endilikda stadion yana o'zining mashhur nomiga qaytdi.
Quyida fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar