Milliy jamoalar markazi loyihasi taqdimoti o'tkazildi

Narzulla Saydullayev
12 iyun 2020, 12:43
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmoniga muvofiq O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan bir qator salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, ayni kunlarda futbol bo'yicha milliy terma jamoalar uchun o'quv-mashg'ulot markazini tashkil etish ishlari olib borilmoqda.

Bugun O'FA konferenciyalar zalida xorijiy mutaxassislar ishtirokida ushbu o'quv-mashg'ulot markazi loyihasi taqdimoti bo'lib o'tdi.

Mazkur taqdimotda O'FA rahbariyati, terma jamoalar bo'limi mutaxassislari va murabbiylari ishtirok etib, loyiha bo'yicha o'z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Ushbu markazning zamon talablariga mos, futbolchilar uchun har tomonlama qulay jihozlanishi mavzusi muhokama etildi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz