So’nggi yangiliklar

16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  2 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  6 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  6 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  2 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4

Milliy chempionat va kubok bahslarida tibbiy nazorat hamda karantin qoidalariga jiddiy rioya qilinadi Yangiliklar

Milliy chempionat va kubok bahslarida tibbiy nazorat hamda karantin qoidalariga jiddiy rioya qilinadi

17 aprel kuni O'zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov Respublika maxsus komissiyasining kengaytirilgan yig'ilishida 18 apreldan etiboran mamlakatimizda koronavirus tufayli joriy etilgan karantin cheklovlari kuchaytirilishi haqida malum qildi.

O'z navbatida O'zbekiston Professional futbol ligasi karantin tartibiga amal qilgan holda milliy chempionat va mamlakat kubogi bahslarida tibbiy nazoratga yanada jiddiy etibor qaratishga kirishdi.

Xususan, Pro liganing 5-turidan o'rin olgan “Neftchi” — “Xorazm” uchrashuvidan boshlab stadionga tashrif buyurgan muxlislarning masofa saqlab o'tirishlari uchun o'rindiqlar alohida belgilab, ajratib chiqildi.

SHuningdek, hozirda stadionga kirayotgan tomoshabinlarning harorati o'lchanib, ularning albatta tibbiy niqobda bo'lishlari talab qilinmoqda.

Bu borada uchrashuvlarni tashkil etishga bevosita masul bo'lgan O'zPFL komissarlarining umumiy masuliyat va majburiyatlari yanada ortadi. SHu sababli o'yinoldi va o'yin kungi tadbirlar davomida uchrashuv ishtirokchilari va muxlislarning karantin qoidalariga to'liq rioya qilishlarini tashkil etish yuzasidan bugun O'zPFL uchrashuv komissarlari uchun maxsus seminar o'tkazildi.

Endilikda barcha musobaqalar doirasidagi o'yinlarda muxlislarning ijtimoiy masofani saqlashlariga alohida etibor qaratiladi. Bu bo'yicha O'zPFL komissarlari Sanitariya epidemiologiya xizmati bilan yaqindan hamkorlikda ish olib boradi. O'yin oldidan har ikki klub vakillari bilan tashkilotchilik masalalari yuzasidan o'tkaziladigan odatiy yig'ilishda bundan buyon Sanitariya epidemiologiya xizmati vakili ham albatta ishtirok etadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика