So’nggi yangiliklar

13:58"Бавария" уч нафар футболчиси билан хайрлашишга тайёр  1 13:37Ла Лига энг кўп маош олувчи футболчилар ТОП-10 — рўйхатда "Атлетико"дан битта футболчи бор  0 12:53"Бавария" ва "Ювентус" Англия термаси марказий ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи   0 12:32Миллатлар Лигаси доирасидаги баҳсда Бельгия Исроилни Венгрияда қабул қилади  3 11:56"Интер" "Зенит" ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 11:27Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон бугун Қирғиз Республикасига қарши кураш олиб боради  2 10:53МЮдан навбатдаги юриш. Инглизлар 90 миллион евролик трансферни амалга оширишга тайёр  10 10:25«Барселона» Дани Ольмо бўйича музокараларни бошлади. Каталонияликлар қанча таклиф қилгани маълум  9 09:57«Атлетико» икки нафар Европа чемпионлари билан шартнома тузмоқчи  0 09:28Месси ХХI асрнинг энг яхши спортчилар рейтингининг ТОП-3лигидан жой олди. Роналду эса…  27 09:00Слот «Ливерпуль» бошқарувидаги дебют ўйнида Чемпионшип вакилига мағлуб бўлди  2 08:31«Пахтакор»нинг яна бир футболчиси «Металлург»га ижарага берилди  2 08:05АПЛ. Ким энг кўп ойлик олади?  1 07:37«Манчестер Юнайтед» олти нафар футболчисини сотишга тайёр  4 02:35Тожикистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Бугун кучлироқ жамоа ғалаба қозонди"  1

Millionlar turadigan yakunlovchilar: dunyoning eng qimmat forvardlari (mutolaa uchun) Yangiliklar

Millionlar turadigan yakunlovchilar: dunyoning eng qimmat forvardlari (mutolaa uchun)

Zamonamizning eng qimmat hujumchilari haqida gaplashamiz.

Sifatli forvardlar doim yuqori darajada qadrlanishgan. Ayniqsa hozir. Ko'plab klublar, hatto top-darajadagilariga ham ehtimoliy golli hujumlarni gollarga aylantiradigan sifatli yakunlovchilar etishmayapti. SHunday o'yinchilar bor, ammo barcha ham bundaylarni tarkibiga qo'shib ololmaydi. Bugun Transfermarkt bahosiga ko'ra dunyoning eng qimmat forvardlari haqida gaplashamiz.


Gabriel Jezus ("Arsenal", 75 mln evro)

Jezus "Manchester Siti"da doim ham etarli darajada o'yin amaliyoti olmadi. Gabriel "Arsenal"da birdan asosiy tarkib o'yinchisiga aylandi, sababi uni Mikel Arteta o'z safiga qo'shib olishni juda xohlagandi. 25 yoshli hujumchi o'tgan mavsum APLda 26ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 6ta assist qayd etdi. Agar tizza jarohati bo'lmaganida, braziliyalik tomonidan samarali harakatlar ko'proq bo'lardi. Jezusning saviyasiga shubha yo'q, shu sabab u yuqori baholanadi.


Kristofer Nkunku ("CHelsi", 80 mln evro)

Nkunku avvaliga hujumkor yarim himoyachi poziciyasida o'ynadi. Ammo, futbolchi so'nggi vaqtlarda asta-sekin sifatli hujumchiga aylanib bormoqda. 2021/22 yilgi mavsum Kristoferni Bundesligada (o'shanba u "RB Leypcig" tarkibida ishtirok etgandi) mavsum o'yinchisi deb tan olishdi. U o'tgan mavsum yakunlari bo'yicha "Verder" forvardi Niklas Fyullkrug bilan birgalikda Germaniya chempionatining eng yaxshi to'purari bo'ldi. 25 yoshli francuz o'tgan mavsum Bundesligada 25ta o'yinda maydonga tushib, 16ta gol va 4ta assist qayd etdi. Nkunku yozda "CHelsi" o'yinchisiga aylandi. "Ko'klar"ning shubhasiz tarkiblarini sifatli tarzda kuchaytirishdi.


Randal Kolo-Muani ("Ayntraxt", 80 mln evro)

Randalga asta-sekin top-klublar tomonidan qiziqish ortmoqda. Francuz so'nggi 2 mavsumni turli jamoalarda yuqori darajada o'tkazdi. U 2021/22 yilgi mavsum "Nant" tarkibida 12ta gol urdi va jamoa to'purariga aylandi, shundan so'ng "Ayntraxt"ga o'tdi. 24 yoshli hujumchi o'tgan mavsum Bundesligada 32ta o'yinda maydonga tushib, 15ta gol va 11ta assistga erishdi. Kolo-Muani yuqori samaradorlik ko'rsatdi (gol+pas tizimida 26 ochko), bu esa ko'plab klublar tomonidan qiziqishga sabab bo'lmoqda. Hozirda o'yinchi uchun bosh davogarlardan biri "Bavariya" hisoblanadi.


Lautaro Martines ("Inter", 85 mln evro)

Lautaro umuman samarali harakat amalga oshirmagan holda, jahon chempionatini zaif o'tkazdi. Balki shu sababdan kimdir Martinesning saviyasiga shubha qilgandir, ammo u klub miqyosidagi mavsumni yaxshi darajada o'tkazdi. 25 yoshli hujumchi o'tgan mavsum A Seriyada 38ta o'yinda harakat qilib, 21ta gol va 6ta assist qayd etdi. Argentinalik 2 yildan beri Italiyada bir mavsumda 20dan ortiq to'p kiritmoqda. U shuningdek CHempionlar ligasida "Barselona", "Benfika" va "Milan" jamoalariga qarshi muhim gollarni urgan holda klubiga "Inter"ga finalga chiqishga yordam berdi. "Neradzurri" futbolchini qadrlaydi va mish-mishlarga qaramay, u bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti.


Xarri Keyn ("Tottenxem", 90 mln evro)

"Tottenxem" sardorining familiyasini sifat, barqarorlik va darajada so'zlari bilan sinonim sifatida ishlatsa bo'ladi. "SHporlar" har mavsumni ham muvaffaqiyatli o'tkazishmaydi, ammo Keyn o'z jamoasi tarkibidagi eng yaxshi bo'lib qolmoqda. Londonliklar mavsum o'rtasida murabbiyni almashtirgan holda o'tgan mavsumda muvaffaqiyatsizlikka uchrashdi, ammo 29 yoshli hujumchi baribir APLdagi 38ta o'yinda 30ta gol urdi. Hattoki bu samaradorlik jihatidan eng yaxshi mavsumlardan biri bo'ldi. Keynni faol ravishda "Tottenxem"dan ketishi haqidagi xabarlarga bog'lashadi, ammo u qolishi mumkin. Hujumda Son Xyon Min va Jeyms Meddisondek sheriklarga ega bo'lgan holda, "shporlar" etakchisi yanada ko'proq gol urishi mumkin.


Viktor Osimxen ("Napoli", 120 mln evro)

Osimxen aqlbovarqilmas mavsum o'tkazdi va shu sabab uning transfer narxi kamida 2 baravarga oshdi. 24 yoshli hujumchi o'tgan mavsum A Seriyada 32ta o'yinda 26ta gol va 4ta assist qayd etdi. Nigeriyalik liganing eng yaxshi to'purari bo'ldi va jamoasiga skudettoni yutishda katta yordam berdi. Bir tomondan Viktorni boshqa klublar bilan bog'lashayotgani ajablanarli holat emas. Boshqa tomondan, neapolliklarning o'zlarining eng yaxshi to'purarlari bilan birdan xayrlashishlari g'alati bo'ladi. Hozircha ularda bunday xohish yo'q, ammo tomonlar shartnomani uzaytirish bo'yicha kelisha olishmayapti.


Kilian Mbappe (PSJ, 180 mln evro)

Har mavsumlar oralig'ida bir necha yildan beri davom etayotgan Mbappening transferi sahifasi ochiladi. Bir qarasa barchasi futbolchining Madridning "Real" klubiga o'tishiga qarab ketadi, bir qarasa Parijda qoladi. Bunday vaziyatlarga qaramay, Kilian sifatli o'yinchi bo'lib qolmoqda va Liga 1'ning eng yaxshi to'purari nomini himoya qilmoqda. 24 yoshli hujumchi o'tgan mavsum Franciya chempionatida 34ta o'yinda harakat qilib, 39ta gol va 5ta assistga erishdi. Bu uning faoliyatidagi eng yaxshi ikkinchi ko'rsatkich. Mbappe faqatgina 2018/19 yilgi mavsumdagina ko'proq to'p kiritgan. U o'shanda o'z hisobida 33ta to'p yozdirib qo'ygandi.


Erling Xoland ("Manchester Siti", 180 mln evro)

"Manchester Siti" Xoland bilan shartnoma imzolashi bilanoq, "shaharliklar"ning baxt chiptasini xarid qilishgani malum edi. Norvegiyalik gollar kafolati, uning faqatgina to'g'ri jamoada bo'lishigina kifoyadir. 22 yoshli hujumchi Dortmudning "Borussiya"sidan yangi ligada paydo bo'lishi bilan bilanoq ishga kirishdi. Premer-ligadagi ilk mavsum yakunlari – 35ta o'yin, 36ta gol, 8ta assist, APLning eng yaxshi to'purari, trebl va "Oltin butsa". Xoland aqlbovarqilmas mavsum o'tkazdi, ammo o'zi uchun darajani juda yuqori qo'ydi. Keyingi mavsumlarda uni kuzatish yanada qiziqroq bo'ladi.


Footballhd.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика