So’nggi yangiliklar

01:45ЕЧЛ. "Боруссия Д" – "Аталанта", "Монако" – ПСЖ (онлайн ҳисоб)  4 01:40ЕЧЛ. "Бенфика" – "Реал Мадрид" (онлайн ҳисоб)  22 01:00ЕЧЛ. "Галатасарой" плей-оффнинг илк баҳсида "Ювентус"ни йирик ҳисобда таслим этди  11 00:03Элит ОЧЛ. "Трактор" "Ал Ғарафа"ни мағлуб этди. "Ал Иттиҳод" "Ал Садд"ни таслим этди (умумий гуруҳ босқичининг якуний жадвали)  1 23:39Эшитдик-да! Ҳусайн Норчаев "Навбаҳор"га ўтмоқда  9 23:24Сака ва "Арсенал" шартномани узайтирди. Букайо клубда энг юқори ҳақ оладиган ўйинчига айланади (BBC)  7 22:59МЮ Рэшфорд учун "Барселона"га чегирма беришни режалаштирмаяпти  3 22:24"Пахтакор" голларга бой кечган назорат учрашувида Грузия клубига ютқазди  13 22:10ОКМК назорат учрашувида Грузия клубига ютқазди  2 21:30"Бухоро" Россия клуби билан дуранг ўйнади  0 21:06Каннаваро: "ВАР протоколини ҳозироқ ўзгартириш лозим - хатолар чемпионат натижаларига таъсир кўрсатиши мумкин"  3 20:32Рафинья: "Қоидалар ҳамма учун турлича бўлиши жуда оғир"  52 19:57"Арсенал" "Атлетико" ҳужумчиси учун 120 млн евро таклиф қилган, аммо рад жавобини олган  3 19:35Кевин Де Брюйненинг эҳтимолий қайтиш санаси айтилди  0 19:09"Барселона" — Ла Лигада пенальтидан гол ура олмаслик бўйича пешқадам  8

Milliy terma jamoa "Jar"da mashg'ulot o'tkazdi Yangiliklar

Milliy terma jamoa "Jar"da mashg'ulot o'tkazdi

Mirjalol Qosimov boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi Janubiy Koreyaga uchib ketish oldidan bugun "Jar" stadionida ilk mashg'ulotlarini o'tkazdi.
Bugungi mashg'ulotda jami 17 nafar futbolchi ishtirok etdi.

Darovzabonlar: Akbar To'raev, Abdukarim Muhamedov.
Himoyachilar: SHavkat Mullajonov, Aleksandr Merzlyakov, Islom To'xtaxo'jaev, Artyom Filiposyan, Akmal SHorahmedov.
Yarim himoyachilar: Aziz Haydarov, Odil Ahmedov, Lutfulla To'raev, Sanjar Tursunov, Sardor Rashidov, Sardor Mirzaev.
Hujumchilar: Zohir Qo'ziboev, Bahodir Nasimov, SHahzod Nurmatov, Vohid SHodiev.

Anzur Ismoilov ertaga Xitoydan Koreyaga uchib boradi. Server Jeparov esa Janubiy Koreyada jamoamizni kutib oladi.

"Nasaf" va "Olmaliq"dan taklif etilgan to'rt nafar futbolchi (Eldor Suyunov, SHuhrat Muhammadiev, Farruh Sayfiev, SHavkat Salomov) bugungi o'yinni o'tkazib ertaga terma jamoa qarorgohiga qo'shilishadi.

Mashg'ulotlar vaqtida Aleksandr Merzlyakov kichik jarohati borligi bois individual tarzda shug'ullandi.

CHigalyozdi mashg'ulotlardan so'ng ikkiga bo'lingan holda futbol-mashq o'tkazildi.

"Qizillar": SHavkat Mullajonov, Artyom Filiposyan, Aziz Haydarov, Sanjar Tursunov, Sardor Rashidov, Zohir Qo'ziboev, Vohid SHodiev.
"Yashillar": Islom To'xtaxo'jaev, Akmal SHorahmedov, Odil Ahmedov, Lutfulla To'raev, Sardor Mirzaev, Bahodir Nasimov, SHahzod Nurmatov.

Ertaga terma jamoamiz ertalab "Jar"da mashg'ulot o'tkazadi. Kechqurun esa Janubiy Koreyaga uchib ketadi.

Eslatib o'tamiz, 27 mart kuni jamoamiz Janubiy Koreyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. 31 martda esa Yaponiya bilan uchrashuv tashkil etiladi.


Narzulla Saydullaev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика